BÖSM oçiq birinçiligida amudaryolik kuraşçilar umumjamoa hisobida 1-örinni egalladi
Joriy yilning 9-fevral kuni tumandagi Bolalar va ösmirlar sport maktabida söz mulkining sultoni Nizomidin Mir Alişer Navoiy tavalludining 578 yilligiga bağişlangan kuraş böyiça BÖSM oçiq birinçiligi musobaqalari bölib ötdi. 2003-2005-yillarda tuğilgan bolalar va ösmirlar hamda şu yoş toifasidagi qiz bolalar iştirok etgan mazkur musobaqalarda Nukus şahri, Şumanoy tumanlaridan hamda amudaryolik 100 nafardan ziyod öğil-qizlar turli vazn toifalarida özaro kuç sinaşdilar.
Uluğ davlat va jamoat arbobi, buyuk söz sanʼatkori Alişer Navoiy dahosiga çeksiz hurmat va ehtirom tariqasida ötkazilgan döstona bellaşularda umumjamoa hisobida tumanimiz BÖSM sportçilari 1-örinni, Nukus şahri sportçilari jamoasi 2-örinni egaladilar. 3-örin esa Şumanoy tumani sportçilariga nasib etdi.
Öğil bolalar örtasida Nukus şahridan Ilyos Qodirbergenov va Javlon Mosçanovlar, Amudaryo tuman BÖSM öquvçilaridan Jahongir Qozoqboyev, Xursand Qurboniyozov, Abbos Soatov, Jahongir Pajabov, Oğabek Gulmirzayev, Zokir Boltaboyev, Pasul Maşaripov va Nodirbek Yöldoşevlar öz vazn toifalarida faxrli 1-örinni egalladilar.
Qiz bolalar örtasida bölib ötgan bellaşularda 33 kg vazn toifasida Amudaryo BÖSM öquvçisi Dinora Xudoyorova va Nukus şahridan Diana Aqpolat 1-örin sohibalari bölişdi.
Musobaqa ğoliblari taşkilotçilar tomonidan medallar, Diplom va qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandilar.
Pobiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶