Tuman DSENM da aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligiga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi
Tuman davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat Markazi tomonidan aholining sanitariya-epidimologik osoyishtaligi, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati hamda xavfsizligini taʼminlash boʻyicha yil davomida aholi, ayniqsa oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va shu yoʻnalish boʻyicha savdo qiluvchi tadbirkorlar bilan tez-tez davra suhbatlari, amaliy va nazariy uchrashuvlar, seminarlar oʻtkazilib kelinmoqda. Yaqinda tuman DSENM mutaxassis-shifokorlari ishtirokida boʻlib oʻtgan seminar ham aynan shu mavzuga bagʻishlandi.
Tumandagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari, umumiy ovqatlanish va savdo shoxobchalari rahbarlari hamda shu sohalar boʻyicha mutaxassislar, DSENM mutaxassis-shifokorlari ishtirokida oʻtkazilgan seminarda tuman DSENM bosh shifokori Durbek Bobojonov “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi hamda “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Pespublikasi Qonunlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Sanitariya nazorat Markazi hamda Pespublika Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan qabul qilingan meʼyoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati, ularda belgilangan talablar boʻyicha aholi orasida ovqatdan zaharlanish, botulizm kasalliklari paydo boʻlishining oldini olish yuzasidan, amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼruza qildi.
Shundan soʻng, DSENM ovqatlanish gigiyenasi boʻlimi mudiri G.Seytniyozov “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi” va “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Pespublikasi Qonunlari talablarining tumanimizdagi tadbirkorlik subʼektlari tomonidan qay darajada bajarilayotganligi holati, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga baʼzi holatlarda eʼtiborsizlik qilinayotgani xususida soʻz yuritib, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlarining bu boradagi huquqiy bilimlarini oshirish zarurligini taʼkidladi.
Seminar ishida DSENM ovqatlanish gigiyenasi boʻlimi sanitariya shifokori M.Kashkarova botulizm kasalligining kelib chiqishi va bu kasallikdan saqlanish hamda oldini olish chora-tadbirlari haqida toʻxtalib, seminar ishtirokchilarining bu boradagi savollariga javob berdi.
Seminar ishtirokchilariga turli kasalliklardan himoyalanish, ayniqsa, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash mavzusida targʻibot bukletlari tarqatildi. Xususiy tadbirkorlar tomonidan berilgan barcha savollarga DSENM mutaxassis-shifokorlari koʻrgazmali targʻibot vositalari asosida batafsil javoblar berdilar.
Pobiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶