Shoʻr yuvish ishlari sifatli amalga oshirilmoqda
Yerlarning unumdorligini yaxshilash, qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosili va sifatini oshirish – yerlarning meliorativ holatiga bevosita bogʻliqdir. Shu bois ayni kunlarda fermer xoʻjaliklarida dalalarni bahorgi ekishga tayyorlash uchun yerlarning shoʻrlari yuvilib, qondirib sugʻorilmoqda.
Doʻrman ovulidagi “Pirnazarov Toʻraboy” fermer xoʻjaligidagi 38 gektar yer maydoni ham kuzda chuqur shudgorlab qoʻyilgan edi. Dehqonchilik qilinadigan dalalarni tekislashning ahamiyati katta boʻlganligi sababli xoʻjalik yerlari dastlab tekislandi. Erta bahorda kunlar isib, tuz toʻplanish jarayoni boshlanmasdan oldin yerga ishlov berish maqsadida hozirgi kunda shoʻr yuvish muddatiga, usuliga va meʼyoriga amal qilinib, xoʻjalik pudratchilari tomonidan sugʻorish ishlari sifatli amalga oshirilmoqda. Zero, agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli qilib oʻtkazilsa, yerlardan foydalanish samarasi yuqori boʻlib, qishloq xoʻjalik ekinlaridan yuqori hosil olish imkoniyati tugʻiladi.

O.Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶