Hayot maktabidan saboq olib...
Surxondaryo - mamlakatimizning betakror, gözal göşalaridan biridir. Bu yerlarni qiş faslida ham yaşillik tark etmaydi. Ölkamizning noyob durdonasi hisoblangan, qadimiy ilm-fan-madaniyat va maʼrifat öçoği, buyuk daholar beşigi bölgan Termiz şahrining taʼrifi jahon ahlining hayratiga-hayrat qöşmoqda. Mana şu qadimiy, tabarruk şahar mustaqillik yillarida, ayniqsa sönggi yillarda hozirgi zamon şaharsozligi talablariga muvofiq zamonaviy meʼmorçilik-quriliş uslublari asosida boşdan-oyoq yangidan qurilmoqda va yangiça qiyofa kasb etmoqda. Loyiha böyiça şaharni yangilaş 2030-yilgaça davom etadi.
Mana şu betakror gözal şaharda, Janubiy-Ğarbiy harbiy okrugiga qaraşli harbiy qismlarda bizning tumanimiz yoşlaridan bir qançasi muddatli harbiy xizmatlarini namunali ado etmoqdalar. Mana şunday ibratli harbiy xizmat qilayotgan yoşaskarlardan biri - tölqinlik Odilboyev Azamat Farhod öğlidir. U bu yerda ötgan 2013-yil 25-fevraldan buyon maxsus harbiy qismda zamonaviy harbiy axborot-aloqa texnologiyalari tarmoğida xizmat qilib kelmoqda. U bu yerda xizmat qiliş jarayonida harbiy intizomga va tezkor işlaşga könikma hosil qilib, irodasi yanada mustahkamlandi. Ikkinçidan, zamonaviy axborot aloqa texnologiyalarini bosqiçma-bosqiç özlaştirişga erişdi. Bu esa kelgusida şu soha böyiça oliy öquv dargohlarida öqişga kirib yetuk mutaxassis bölib yetişişga zamin hozirlaydi.
- Muddatli harbiy xizmat menga juda köp narsalarni berdi. Men uçun armiya xizmati ulkan hayot maktabi bölib qoldi. Bu esa mening navbatdagi mustaqil hayotimda juda qöl kelişini çuqur anglab va tuşunib turibman. Işonçim komilki, bu yil yozda Toşkent axborot texnologiyalari universitetiga öqişga kirib, soha böyiça yetuk mutaxassis bölib yetişaman, - deydi qahramonimiz Azamat Odilboyev telefon orqali boğlanganimizda.
Azamatning öziga işonç bilan gapirişida jon bor. Çunki u muddatli harbiy xizmatni ötaş jarayonida murakkab harbiy aloqa texnologiyalari bilan işlaş va zarurat tuğilganida bu texnologiya uskunalarini taʼmirlaş sirlarini puxta egalladi, qism qömondonligining nazariga tuşdi.
Biz unga qadaming şaxdam, ezgu orzu-niyatlaring uşalaversin, deb qolamiz.
Qobul ŞOMURODOV.
(Foto - uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶