“Taraqqiyot” aholi punktidagi 200 ga yaqin xonadon oqar suv bilan taʼminlandi
Suv – hayot, tiriklik manbai. Tabiat muvozanati va insoniyat barhayotligini asrash uchun undan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish gʻoyat muhim ahamiyatga ega.
“Daryoboʻyi” mahallasidagi aholi xonadonlarining tomorqa yerlarini oqava suv bilan taʼminlab kelayotgan “Gʻovacha yorgʻon” kanalining koʻmilib qolganiga ancha yillar boʻlgan edi. Bu oʻtgan davr mobaynida asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanuvchi aholi uchun suv tanqisligi muammosini keltirib chiqardi. Aholi tomorqa yerlariga hududga yaqin boʻlgan kanallardan biriga 2 ta elektr nasosi oʻrnatish orqali suv keltirilgan boʻlsa-da, uni barcha xonadonlarga yetkazishning imkoni boʻlmayotgan edi.
Soʻnggi paytlarda mahallada yashovchi aholi uchun bu katta muammoga aylangani sababli fuqarolar yigʻini masʼullari va faollar yechim topish maqsadida tuman hokimligiga murojaat qildilar. Tomorqa yerlariga suv yetkazishda qiynalayotgan aholiga tuman hokimligi va suv xoʻjaligi boʻlimi tomonidan yordam koʻrsatildi. Zarur texnika keltirilib, “Gʻovacha yorgʻon” kanalini qaytadan qazish ishlari boshlab yuborildi. Hozirgi kunda kanalning 750 metrga qadar yeri qazildi hamda “Taraqqiyot” aholi punktidagi 200ga yaqin xonadon tomorqa yerlariga elektr nasoslari yordamisiz ham suv keltirish imkoniyati yaratildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶