Soğlom bola yili yangiliklari
Şör yuviş qizğin
Qipçoq ovulidagi fermer xöjaliklari 2013-yilni barça sohalar böyiça muvaffaqiyatli yakunladilar. Ayni kunlarda hosildan böşagan, sifatli şudgor qilingan dalalarda şör yuviş işlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda. 1136 gektar yer bir marta sifatli suğorilgan bölsa, 600 gektardan ziyod maydon ikkinçi marta suğorildi.
Ijodkorlar uçraşuvi
Yaqinda Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan faxriy jurnalist Saʼdulla Xöjaniyozov taşabbusi bilan tumanimizda yaşab, ijod qilayotgan şeʼriyat ixlosmandlarining uçraşuvi bölib ötdi. Uçraşuvda ijodkorlar öz ijodlaridan namunalar öqidilar, fikrlaşdilar. Uçraşuv havaskor-ijodkorlarga kötarinki kayfiyat ulaşdi.
Bilimlar bellaşuvi
7-yanvar kuni tumanimizdagi umumtaʼlim maktablarining 9-sinf öquvçilari orasida fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi bölib ötdi. Olimpiadada 76 ta maktabdan, hudud bosqiçida ğoliblikni qölga kiritgan 256 nafar öquvçi qatnaşdi. 8-9-yanvar kunlari esa 5-8-sinflar örtasida "Bilimlar bellaşuvi" tuman bosqiçi bölib ötdi. Unda oldingi bosqiçda ğolib bölgan 511 nafar öquvçi iştirok etib, bilimlarini sinovdan ötkazdilar.
(Foto - fikr.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶