Minifutbol böyiça tuman birinçiligi ötkazildi
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpoğiston Respublikasida jamoat tartibini saqlaş va huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi samaradorligini oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi 2018-yil 4-dekabrdagi F-5408-sonli farmoyişi va Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining 2019-yil 1-martdagi 01-09/13-03/221-sonli tadbirlar rejasining 24-bandida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlaş, tumanimizda yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş hamda sport-soğlomlaştiriş işlarini tizimli ravişda olib boriş maqsadida 10-11-mart kunlari yoşlar örtasida minifutbol böyiça tuman birinçiligi musobaqalari ötkazildi.
Tuman Jismoniy tarbiya va sport bölimi bilan Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi tomonidan hamkorlikda taşkil etilgan mazkur musobaqa Manğit şahrining Navoiy mahallasidagi sunʼiy qoplamali futbol maydonçasida ötkazildi. Qizğin va döstona vaziyatda bölib ötgan bahslarda jami 8 ta minifutbol jamoalari iştirok etdilar.
Musobaqa hakamlar hayʼati tomonidan odillik va şaffoflik asosida kuzatib borildi va eng kuçli jamoalar yakuniy bosqiçda kuç sinaşdilar. Unga köra, Beruniy nomli mahalla minifutbol jamoasi 1-örinni, Gulzor mahallasi jamoasi 2-örinni, Çordara mahallasi jamoasi esa 3-örinni egallaşdi.
Ğolib jamoalar tuman Jismoniy tarbiya va sport bölimi hamda Özbekiston yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi tomonidan Diplomlar va medallar bilan taqdirlandilar.
Dildora ABDURAHMONOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶