Minifutbol musobaqasi gʻoliblari aniqlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpogʻiston Respublikasida jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2018-yil 4-dekabrdagi F-5408-sonli farmoyishi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2019-yil 1-martdagi 01-09/13-03/221-sonli tadbirlar rejasining 24-bandida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash, tumanimizda yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda sport-sogʻlomlashtirish ishlarini tizimli ravishda olib borish maqsadida 10-11-mart kunlari yoshlar oʻrtasida minifutbol boʻyicha tuman birinchiligi musobaqalari oʻtkazildi.
Tuman Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi bilan Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur musobaqa Mangʻit shahrining Navoiy mahallasidagi sunʼiy qoplamali futbol maydonchasida oʻtkazildi. Qizgʻin va doʻstona vaziyatda boʻlib oʻtgan bahslarda jami 8 ta minifutbol jamoalari ishtirok etdilar.
Musobaqa hakamlar hayʼati tomonidan odillik va shaffoflik asosida kuzatib borildi va eng kuchli jamoalar yakuniy bosqichda kuch sinashdilar. Unga koʻra, Beruniy nomli mahalla minifutbol jamoasi 1-oʻrinni, Gulzor mahallasi jamoasi 2-oʻrinni, Chordara mahallasi jamoasi esa 3-oʻrinni egallashdi.
Gʻolib jamoalar tuman Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan Diplomlar va medallar bilan taqdirlandilar.
Dildora ABDURAHMONOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶