Yerga baraka urugʻi qadaldi

18-mart kuni Choykoʻl ovulidagi “Nurullayev Bunyodbek” fermer xoʻjaligida chigit ekishga bagʻishlangan koʻrgazmali seminar – kengash oʻtkazilib, unda tumandagi MMTPlar, fermer xoʻjaliklari va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Seminar – Kengashni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari Sobir Xoʻjametov kirish soʻz bilan ochib, 2019-yilda paxtadan moʻl hosil yetishtirishda Amudaryo tumani qishloq xoʻjaligi mehnatkashlari oldida turgan vazifalar haqida gapirdi.
Shundan keyin “Qoraqalpogʻiston mintaqaviy paxta terminali” MChJ raisi Ikrom Xidirov, “Taxiatosh neft bazasi” MChJ raisi Yerlan Abdimuratov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Agrobank Aktsiyadorlik tijorat banki boshqarmasi boshligʻi Sardor Joʻldasboyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi Vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Yunusov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fermer, dehqon va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Quvonch Nurimbetov, Amudaryo tumani hokimi oʻrinbosari Anvar Yoʻldoshev, tuman fermer, dehqon va tomorqa yer egalari kengashi raisi Fayzulla Saʼdullayev va Qilichboy MMTP raisi Yaqubboy Ashirovlar soʻzga chiqdilar.


Chigit ekishga bagʻishlangan ushbu tadbirda ishtirok etayotgan nuroniy otaxonlar oq fotihalarini berishib, boshlanayotgan ekin-tikin ishlariga baraka va unum tiladilar.
Shundan kein “Nurullayev Bunyodbek” fermer xoʻjaligi yerlariga baraka urugʻi qadalib, chigit ekish ishlari boshlanib ketdi.
A. Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶