28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 20:14
Jamiyat 👁 5,566

Sogʻlom bola – oila baxti

Sogʻlom bola – oila baxti

Yangi chaqaloqning tugʻilishi har bir oila uchun baxt va quvonchdir. Shu chaqaloqning sogʻlom oʻsishi va rivojlanishi uchun biz shifokorlar ham ota-ona bilan birday masʼulmiz.

Bola tugʻilgandan keyin birinchi kundan boshlab uy sharoitiga oʻrgana boshlaydi. Ona suti – bola 6 oylik boʻlguncha eng kerakli ozuqa hisoblanadi. Shu bois,  yangi tugʻilgan chaqaloqni 6 oylik davri mobaynida ona suti bilan oziqlantirish zarur. Ilk bor emizishni bola tugʻilgandan keyingi 15-30 daqiqada boshlash lozim. Bola tugʻilgandan keyin dastlabki kunlarda ona koʻkragidan faqat ogʻiz suti keladi. Ogʻiz suti oson hazm boʻluvchi sut hisoblanib, uning tarqibida oqsil, uglevodlar va kerakli mikroelementlar yetarli miqdorda boʻladi. Ona sutining afzalligi shundaki, u bolaning barcha zarur vitamin va mikroelementlarga boʻlgan ehtiyojini qondiradi. Ona suti bilan oziqlangan chaqaloq issiq kunlarda ham suv ichishga ehtiyoj sezmaydi. Ona suti bolani  har xil kasalliklardan saqlaydi, bundan tashqari, ona suti bolaning aqlan va jismonan rivojlanishi uchun zarur boʻlgan barcha elementlarni oʻzida mujassam etgan. Eng muhimi, ona emizayotgan paytda har bitta bola ona mehri va muhabbatini xis etadi.

Bolani 6 oylikdan boshlab ona sutiga qoʻshimcha  ravishda sabzavotli ovqatlar bilan  ovqatlantirish lozim. Qoʻshimcha oziqlantirishni boshlash bola organizmi uchun jiddiy davrning boshlanishi hisoblanadi. Shuning uchun oson hazm boʻluvchi sabzavotli boʻtqalar berish tavsiya etiladi.

Bolani ikki yoshga toʻlguncha ona suti bilan va toʻgʻri oziqlantirish uning sogʻlom oʻsishi garovidir.

Bolada oʻsish va rivojlanish har xil kechishi mumkin. Asta-sekinlik bilan ular kulishni, oʻtirishni va yurishni oʻrganadilar.

5 oylik davriga kelib bola ota-onasini boshqalardan ajrata oladi. Tovushlarga ahamiyat beradi, qoʻliga berilgan   shaqildoqni uzoq vaqt ushlab tura oladi. Qornida aylana oladi. Qoʻltigʻidan ushlaganda esa oyoqlari bilan mustahkam turadi. 6 oylik davriga kelib alohida soʻz boʻgʻinlarini talaffuz qiladi. Oʻyinchoqlar bilan erkin va uzoq oʻynay oladi. Qornidan orqasiga aylana oladi. Manej boʻylab harakatlanib, qoshiqdan ovqatlantirilganda, bemalol yeydi. 7 oylik davrida biror narsa qayerda, degan savolga bosh va koʻzlarini yoʻnaltirib, uni topishga harakat qiladi. Yaxshi emaklaydi. Oylar oʻtgan sayin bola ismini aytib chaqirsangiz, javob beradi, narsalarni ushlagan holda mustaqil yura oladigan boʻladi.

10 oylik davri bolaning eng shirin davridir. Kattalarning soʻrovi bilan soʻralgan oʻyinchoqlarni topib beradi. Inson sifatida shakllana boshlaydi. Bola 1 yoshga toʻlganda yangi soʻzlarni oʻrganishga harakat qiladi. 10 ga yaqin soʻzlarni bemalol  gapiradi. Onasining va yaqin odamlarining ismini biladigan boʻladi. Mustaqil ravishda yuradi va oʻzi piyoladan bemalol sut yoki suv ichadi.

Yosh onalardan iltimos qilardik-ki, siz doimiy ravishda shifokor qabulida boʻling, bolangizning oʻsishi va rivojlanishini nazorat qilib turing. Bolaning vazni va boʻyini har oyda oʻlchatib, uning sogʻlom oʻsishiga eʼtiborli boʻling. Zero, bola – oilangiz quvonchi va baxtidir.

G.YuSUPOVA,

tuman tibbiyot birlashmasi bosh pediatri.

(Foto - uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026