Oʻzbek jang sanʼati – qiziqarli va goʻzal sport turi
Mamalakatimizda bolalar sportini rivojlantirishga boʻlgan eʼtibor tufayli sohada keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tumanimizda ham bolalar va oʻsmirlar oʻrtasida sportning barcha turlarini ommalashtirish, ularning qiziqishlari boʻyicha oʻzlari qiziqqan yoʻnalishlar boʻyicha shugʻullanishlari uchun sharoitlar yaratilib, toʻgaraklarga toʻliq qamrab olinishiga eʼtibor qaratilayotgani bois, tumanimiz yoshlari orasidan Qoraqalpogʻiston va Oʻzbekiston miqyosidagi turnirlar, chempionatlar sovrindorlari yetishib chiqmoqda.
Tuman Bolalar va oʻsmirlar sport maktabining oʻzbek jang sanʼati guruhiga Murodjon Safarboyev rahbarlik qiladi. Bolalarning yosh toifasi va jismoniy tayyorgarligi inobatga olingan holda mashgʻulotlar tashkil etish, ularni turli musobaqalarga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunga soʻnggi ikki yil ichida erishilayotgan yutuqlar yaqqol misol boʻladi. 2017-2018-yillarda Qoraqalpogʻiston va Oʻzbekiston miqyosidagi nufuzli musobaqalarda ishtirok etgan BOʻSM oʻzbek jang sanʼati guruhi oʻquvchilaridan 2002-yilda tugʻilgan Diyorbek Yoʻldoshev 2018-yilgi “Umid nihollari” sport musobaqalarida 1-oʻrinni egallab, musobaqaning oltin medali sohibi boʻldi. 2017-yilda Mardonbek Hayitboyev, 2004-yilda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida 3-oʻrinni egallagan boʻlsa, Hakimjon Madrahimov 2018-yilda 2005-yilda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan oʻzbek jang sanʼati boʻyicha musobaqalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
2017-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi birinchiligida Akmaljon Aminboyev 3-oʻrin, Akrombek Matyoqubov esa aynan shu musobaqada 2011-yilda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida 1-oʻrin sohibi boʻldi. Diyorbek Kenjayevga esa 2002-yilda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida 3-oʻrin nasib etdi.
- Sportchilarimizdan umidimiz katta, deydi BOʻSM oʻzbek jang sanʼati yoʻnalishi boʻyicha trener Murodjon Safarboyev, - ular orasida iqtidorli bolalar koʻp. Oʻzbek jang sanʼati – qiziqarli va goʻzal sport turi. Sportning bu yoʻnalishiga qiziquvchilar koʻp. Bizning vazifamiz ularni doimo qoʻllab-quvvatlash, intilishlariga eʼtibor berib, yutuqlarini ragʻbatlantirib borish. Ana shunda sportchi oʻziga ishonadi, yangi-yangi marralarni zabt etishga intilib yashaydi.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶