ERLARDAN FOYDALANIŞ HAMDA ULARNI MUHOFAZA QILIŞ USTIDAN NAZORATNING HUQUQIY ASOSLARI
Mamlakatimizni barqaror rivojlantiriş, xalqimiz farovonligini oşiriş, fuqarolarning öz hayotlaridan rozi bölib, ertangi kunga qaʼtiy işonç bilan hayot keçirişi davlatimizning eng oliy maqsadlaridan biridir. Hukumatimiz tomonidan çiqarilayotgan qonun hujjatlari xalqimizning ezgu manfaatlariga qaratilgani bois, Özbekiston Respublikasining ilgari qabul qilingan ayrim hujjatlariga özgartirişlar kiritiş töğrisida Qonun qabul qilingan. Özbekiston Respublikasining qonunçilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-fevralda qabul qilinib, Senat tomonidan 2019-yil 28-fevralda maʼqullangan uşbu Qonunning 1-moddasida qişloq xöjaligi ehtiyojlari uçun er uçastkalaridan 1-yil mobaynida va qişloq xöjaligi sohasiga taalluqli bölmagan ehtiyojlar uçun berilgan er uçastkasidan yil mobaynida foydalanilmaganda olib qöyilişi belgilab ötilgan. Şuningdek, şu moddada meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş huquqini beruvçi order kim oşdi savdosi asosida sotib olingandan keyin er uçaskasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganda, er uçastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş huquqi garovda bölgan taqdirda esa garov şartnomasi muddati mobaynida foydalanilmaganda er uçastkalari olib qöyilişi aytib ötilgan.
Yer uçastkalariga egalik qiliş huquqini yoki er uçastkasidan doimiy yohud vaqtinça foydalaniş huquqini tegişli moddaning ayrim bandlarida körsatilgan hollarda tugatiş va erdan foydalaniş hamda uni muhofaza qiliş ustidan davlat nazoratini amalga oşiruvçi organlarning taqdimnomasiga köra, huquqlar tugatilişining asosli ekanligini tasdiqlovçi hujjatlar asosida tuman, şahar, viloyatlar hokimlarining qarorlari yoki Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oşirilişi taʼkidlab ötilgan. Yer uçastkasiga egalik huquqini yoki er uçastkasidan doimiy yohud vaqtinça foydalaniş huquqini tegişli moddaning maʼlum qismida tugatiş tegişli tuman fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa er egalari Kengaşlarining taklifiga köra va huquqlar tugatilişi asosli ekanligini tasdiqlovçi hujjatlar asosida tuman hokimlarining qarorlari bilan amalga oşiriş kabi özgartirişlar kiritildi.
Jismoniy va yuridik şaxslar er uçastkalariga egalik qiliş huquqini, er uçastkalaridan doimiy yoki vaqtinça foydalaniş huquqini tugatiş haqidagi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda körsatilgan mansabdor şaxslarning qarorlaridan norozi bölgan taqdirda fuqarolar uşbu qarorlar ustidan sudga şikoyat qiliş mumkinligi belgilab ötilgan.
Qonunning 84-moddasida fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa er egalari Kengaşlari dehqon xöjaliklarining er uçastkalaridan hamda tomorqa erlaridan maqsadli va samarali foydalanişi, şu jumladan, erlarga işlov berilişining holati, uruğlar, köçatlar va daraxtlarning ekilişi, issiqxonalar qurilişi, çorva va parrandalarning köpaytirilişi ustidan jamoatçilik nazoratini örnatiş hamda uylarni aylanib çiqiş orqali muntazam ravişda monitoring amalga oşirilişi haqida körsatmalar berişga haqliligi öz ifodasini topgan.
Bularning barçasi inson manfaatlari yölida qonun bilan amalga oşirilayotgan harakatlarimizning dalilidir. Zero, Mustaqil Özbekistonimizda barça fuqaro baxtli yaşaşga haqli.
Ş.Abdullaev, tuman davlat xizmatlari markazi mutaxassisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶