Madaniyat
👁 601
Qilichboy ovulida bolajonlar bayrami oʻtkazildi
Mamlakatimizda Xalqaro bolalar kuni keng nishonlandi. Bayram munosabati tumanimizda ham kelajak egalari, jajji kichkintoylar uchun turli tadbirlar oʻtkazildi.
Qilichboy ovulida ushbu sanaga bagʻishlab bayram tomoshasi tashkillashtirildi. Qilichboy Madaniyat markazi hovlisida boʻlib oʻtgan tomoshada toʻgarak aʼzolari tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur namoyish etildi.
Markazning kontsert zalida davom ettirilgan tadbirda ovuldagi maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari sheʼr, qoʻshiq va goʻzal raqslar ijro etib, barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Bayram tadbirini tomosha qilgan bolajonlar miriqib hordiq chiqardilar.
D.Abdurahmonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶