28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 15:51
Salomatlik 👁 705

“SOGʻLOM AYoL” OYLIGI DAVOM ETMOQDA

“SOGʻLOM AYoL” OYLIGI DAVOM ETMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5325-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018yil 10-maydagi 352-son “Qizlar va fertil yoshidagi ayollarga koʻrsatiladigan akusher-ginekologik tibbiy yordam xizmatlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori, Sogʻlikni saqlash vazirligining 2019-yil 21-maydagi 11-02/260 raqamli koʻrsatma xati ijrosini taʼminlash,  ambulatoriya-poliklinika muassasalari tomonidan  joylarda tugʻish yoshidagi ayollarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, onalar va bolalar oʻlimining oldini olish maqsadida tumanimizda 2019-yil  3-iyun va  6-iyul kunlari oraligʻida  umumiy amaliyot shifokorlari, tor soxa mutaxassislari ishtirokida “Sogʻlom ayol” oyligi oʻtkazilmoqda.  Tumandagi koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, qishloq oilaviy poliklinikalari va QVPlarda umumiy amaliyot shifokorlari, akusher-ginekologlar bilan birgalikda homiladorlikka mutlaq va nisbiy monelegi bor ayollar roʻyxati boʻyicha “Sogʻlom ayol oyligi”  oylik  tarmoq rejasi asosida profilaktik tibbiy koʻrik va sogʻlomlashtirish ishlari olib borilmoqda. “Sogʻlom ayol” oyligini oʻtkazish uchun birlashma maʼmuriyati tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Shu kungacha jami 9041 nafar ayol profilaktik tibbiy tekshiruvdan oʻtkazildi. Shundan 8201 nafari tugʻish  yoshidagi, 1402 nafari ekstragenital kasallik aniqlangan tugʻish yoshidagi ayollardir. 1409 nafar ayolga ambulator davo tavsiya qilinib,  109 nafar ayolga statsionarda davolanishlari uchun zarur choralar koʻrildi.

Sogʻlomlashtirish oyligida  mutaxassislar tomonidan istalmagan tugʻruqning oldini olish choralari koʻrilmoqda. Shuningdek, oʻsmir qizlar tibbiy koʻrigi natijalariga koʻra 148 nafar qizlarga ambulator davo choralari tavsiya etildi.

“Sogʻlom ayol” oyligining oʻtkazilishidan  koʻzlangan maqsad, mazmun va  mohiyati  toʻgʻrisida umumiy amaliyot shifokorlari, patronaj hamshiralar tomonidan aholi oʻrtasida keng tushuntirish-targʻibot ishlari olib borilmoqda.

Ayol-qizlarimiz – oilamiz farishtalari, sogʻlom va barkamol avlodni dunyoga keltiruvchi va tarbiyalovchilardir. Demak, har bir ayol oʻz sogʻligiga eʼtibor berar ekan, bu barkamol avlod kelajagiga eʼtibor, sogʻlom kelajak uchun masʼuliyat hissi bilan yashash deganidir. Men shifokor  sifatida tumanimizdagi har bir ayol-qiz “Sogʻlom ayol” oyligida faol ishtirok qilib, salomatligini tibbiy koʻrikdan oʻtkazishini va ona Vatan, jamiyat oldidagi oʻz burchini ado etishini tavsiya qilaman.

J. YaVKAShEV, tuman tibbiyot birlashmasi

salomatlik markazi mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026