BOLAJONLAR UChUN KONTsERT DASTURI
Muhtaram Prezidentimiz yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha ilgari surgan beshta muhim tashabbusining birinchisi yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Yoshlarning maʼnaviy immunitetini kuchaytirish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida belgilab berilgan bu vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida shu yil 24-iyun kuni Choykoʻl madaniyat markazida faoliyat koʻrsatayotgan badiiy havaskorlik toʻgaragi aʼzolari tumanimizda tashkil etilgan “Qaldirgʻoch” yozgi bolalar oromgohida dam olayotgan oʻquvchi-yoshlar uchun kontsert dasturini namoyish etishdi.
Dasturdan oʻrin olgan shoʻx qoʻshiq va kuylar, koʻngilochar oʻyinlar oromgohda miriqib hordiq chiqarayotgan bolajonlarga juda manzur boʻldi.
Oybek BEGIMOV,
tuman Madaniyat boʻlimi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶