MARAFONLARDA YoŞLAR FAOL IŞTIROK ETDILAR
27-iyun kuni “Yoşlar oyligi” doirasida tuman hokimligi, Xotin-qizlar qömitasi, Jismoniy tarbiya va sport bölimi, tuman tibbiyot birlaşmasi, Xalq taʼlimi bölimi, tuman IIB va Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça tuman Kengaşi hamkorligida öquvçilar va uyuşmagan yoşlarni madaniy-maʼrifiy va sport tadbirlariga keng jalb qiliş, oilada soğlom turmuş tarizini qaror toptiriş, yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, ayniqsa ayol-qizlarni jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullanişga ommaviy ravişda jalb qiliş maqsadida Manğit şahrining Gurlan köçasi böylab 3 km. masofaga yuguriş hamda “Biz soğlom turmuş tarafdorimiz!” şiori ostida velosipedda harakatlaniş marafonlari ötkazildi.
Yuguriş marafonida jami 490 nafar yoşlar, velomarafonda esa 24 nafar ayollar va 53 nafar öğil bolalar iştirok etişdi.
Yuguriş böyiça ötkazilgan marafonda öğil bolalar örtasida 1-örinni 24-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçisi Şuhrat Jumaboyev, 2-örinni 70-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçisi Nodirbek Xalillayev, 3-örinni 4-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçisi Otamurod Egamdurdiyev, qizlar örtasida 1-örinni 25-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçisi Öğulgarak Şomurodova, 2-örinni Amir Temur nomli ovuldan Tillo Şomurodova, 3-örinni 4-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçisi Laylo Sapardurdiyevalar egallaşdi.
Velomarafon yakuniga köra öğil bolalar örtasida 1-örinni Dörman ovulidan Oğabek Aminov, 2-örinni 30-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçisi Şaxzod Kenjayev, 3-örinni Böston mahallasidan Ravşanbek Qurbonboyev, qizlar örtasida 1-örinni “Barkamol avlod” bolalar markazi öqituvçisi Gulasal Allambergenova, 2-örinni 31-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçisi Nodira Davlatboyeva, 3-örinni Beruniy nomli mahalladan Nargiza Ibragimovalar egallaşdi.
Marafonlar ğoliblari taşkilotçilar tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandilar.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶