Choykoʻl ovulida sunʼiy qoplamali futbol maydoni foydalanishga topshirildi
“Yoshlar oyligi” doirasida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish boʻyicha ham turli tadbirlar oʻtkazildi. Tuman yoshlari barcha tadbirlarda juda katta qiziqish bilan hamjihatlikda ishtirok etishdi.
Choykoʻl ovulida oylik doirasida hudud yoshlari uchun barpo etilgan sunʼiy qoplamali futbol maydonchasining ochilish marosimi oʻtkazildi. Tadbirkor Azimjon Hayitboyev tomonidan oʻz mablagʻi evaziga qurilgan maydonchaning ochilish marosimida tuman hokimligi, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, hududdagi tashkilotlar va fuqarolar yigʻini masʼul xodimlari ishtirok etdilar. Foydalanishga topshirilgan maydonchada futbol musobaqasi tashkillashtirildi. Soʻngra tadbirkor Azimjon Hayitboyev maktab oʻquvchi yoshlari uchun aktsiya joriy qilish taklifini qiritdi. Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil yetish, ularni jismoniy chiniqtirish maqsadidagi mazkur aktsiya doirasida har kuni soat 9:00 dan 16:00 ga qadar oʻquvchi yoshlar uchun bepul xizmat koʻrsatish rejalashtirildi.
Sport inshooti ovul yoshlariga juda manzur boʻldi.
M.Oʻrozimbetov, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶