28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 15:31
Iqtisodiyot 👁 689

Soliq islohoti natijalari: 6 oy ichida tuman mahalliy byudjetiga oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 245 foizga koʻp tushum tushdi

Soliq islohoti natijalari: 6 oy ichida tuman mahalliy byudjetiga oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 245 foizga koʻp tushum tushdi

Maʼlumki, iqtisodiyotga soliq yukining darajasini kamaytirish, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimi boʻyicha soliqlarni toʻlaydigan xoʻjalik yurituvchi subʼektlar oʻrtasidagi soliq yuki darajasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish maqsadida 2019-yil 1-yanvardan boshlab tovar aylanmasi 1 mlrd. soʻmdan oshgan korxonalar umumbelgilangan soliq toʻlovlariga oʻtkazildi.

2019-yildan foyda soligʻi stavkasi koʻpchilik yuridik shaxslar uchun kamaytirildi.Bundan tashqari 2019-yil 1-yanvardan boshlab, yalpi tushumi 3 mlrd. soʻmdan oshmaydigan korxonalar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibi joriy etildi.

Amalga oshirilgan soliq islohotlari natijasida tuman boʻyicha byudjetga 2019-yil yanvar-iyun oylari uchun belgilangan 42 mlrd. 236 mln. soʻm prognoz koʻrsatkichi, haqiqatda 59 mlrd. 396 mln. soʻm qilib, yaʼni reja 140,6 foizga ortigʻi bilan bajarildi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga solishtirilganda 244,8 foizga yoki 34 mlrd. 568,8 mln. soʻmga koʻpdir. Birgina 2019-yilning iyun oyida byudjetga 12 mlrd. 621,4 mln. soʻm qoʻshimcha mablagʻlar jalb etildi.

Tuman Davlat soliq inspektsiyasi tomonidan shu yilning 1-iyul holatiga jami 2 ming 162 ta korxona va tashkilotlarga jami 13 mlrd. 381 mln. soʻmlik soliq qarzdorligini majburiy undirish toʻgʻrisida talabnomalari kiritildi.

Majburiy ijro byurosi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan xatlov natijasida sud ijro varaqalariga asosan 7 mlrd. 453 mln. soʻm soliq qarzdorligi undirishga erishildi. 

Bundan tashqari, 645 ta korxona va tashkilotlarga elektron xabar almashish tizimidagi shaxsiy kabineti orqali 3 mlrd. 541 mln. soʻmlik soliq qarzdorligini toʻlash toʻgʻrisida talabnomalar yuborildi. 93 ta korxona va tashkilotlarning 5 mlrd. 519 mln. soʻmlik soliq qarzdorligini mol-mulki hisobidan undirish boʻyicha tuman Iqtisodiy sudiga daʼvo arizalari bilan murojaat qilindi.

Soliq kodeksining 70-moddasiga muvofiq shu yilning 1-choragi yakuni boʻyicha 1 ming 254 ta korxona toʻliq kameral nazoratdan oʻtkazildi. Kameral nazorat – bu davlat soliq xizmatidagi mavjud soliq toʻlovchining faoliyati toʻgʻrisidagi moliyaviy va soliqqa oid hisobotlarni, shuningdek boshqa hujjatlarni oʻrganish va tahlil qilish hisoblanadi. Kameral nazoratning asosiy maqsadi soliq toʻlovchiga kameral tekshirishlar natijasida aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklarini mustaqil ravishda bartaraf qilish imkonini berishdan iboratdir.

Kameral nazorat natijasida byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamgʻarmalarga 319 ta korxonalardan jami 11 mlrd. 822 mln. soʻm qoʻshimcha soliqlar hisoblandi. Shundan 33 ta korxonalar tomonidan 6,3 mln. soʻmga asoslantiruvchi hujjatlar taqdim qilindi. 293 ta korxona tomonidan 11 mlrd. 785 mln. soʻmga qayta hisobot topshirildi va natijada byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamgʻarmalarga 9 mlrd. 732,6 mln. soʻm undirilishi taʼminlandi. 

2019-yil 1-iyul holatiga soliq hisobotlarini muddatidan kechiktirib taqdim qilgan 58 ta korxonalarning mansabdor shaxslariga hamda soliq toʻlovchilar tomonidan byudjetga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini xizmat koʻrsatayotgan bankka oʻz muddatida taqdim etmagan 62 ta korxona va tashkilotlar mansabdor shaxslariga Maʼmuriy Javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddasiga asosan maʼmuriy jarimalar qoʻllanildi. Shuningdek, 48 nafar mansabdor shaxslar rasmiy ravishda ogohlantirildi.

Shuni unutmaslik kerakki, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar yordamida iqtisod, taʼlim, sogʻliqni saqlash sohalari yanada rivojlantiriladi. Shuningdek, soliqlardan tushgan mablagʻlar jamiyat manfaati yoʻlidagi zarur boʻlgan boshqa faoliyatlarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladi. Shu tufayli har bir soliq toʻlovchi soliq majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarib borishi va boshqa toʻlovlarni ham muddatidan kechikmasdan toʻlashi kerak.

O.Ashirboyev, tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi.

(Foto: http://xazinagz.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026