ĞÖZALARNI SUĞORIŞNI SIFATLI ÖTKAZIŞ, SOLIQ SIYoSATIDAGI ÖZGARIŞLAR TARĞIBOTIGA BAĞIŞLANGAN YIĞILIŞ ÖTKAZILDI
Şu yil 7-iyul kuni Qiliçboy ovulida ğöza parvarişidagi eng muhim tadbirlarni öz muddatlarida va sifatli amalga oşiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi. Tadbirga tuman agrar sohasi masʼul xodimlari, sektorlar rahbarlari, MMTPlar va fermer xöjaliklari rahbarlari iştirok etdilar.
Yiğilişni tuman hokimi S.Yöldoşev oçdi va ğöza nihollarini suğorişni öz muddatlarida, sifatli ötkaziş borasidagi dehqonlar, soha xodimlari oldida turgan vazifalarga, mavsum davomida suvdan tejab-tergab foydalanişga erişişda yangi texnologik usullardan foydalaniş afzalliklariga keng töxtaldi.

MMTPlar, fermer xöjaliklari raislari ğözalarni suğorişda egiluvçan köçma quvurlardan foydalaniş borasidagi öz tajribalari bilan örtoqlaşdilar.
Şuningdek, tuman hokimi S.Yöldoşev soliq sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar, sohaga joriy etilayotgan yangiliklar haqida ham batafsil maʼlumotlar berdi. Taʼkidlandiki, “Soliq va bojxona imtiyozlari berilişini yanada tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida”gi 2019-yil 27-iyun kungi mamlakatimiz Prezidenti Farmoniga muvofiq, 2019-yil 1-oktyabrdan boşlab, özi işlab çiqargan qişloq xöjaligi mahsulotlariga va Özbekiston Respublikasida işlab çiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan belgilangan qöşilgan qiymat soliği böyiça imtiyozlar bekor qilinadi.

2019-yil yanvar oyidan sentyabr oyigaça 1 mlrd. sömdan ortiq pul aylanmasi (tuşumi)ga ega bölgan yoki 50 gektardan ortiq qişloq xöjaligiga möljallangan yer maydonlariga ega bölgan yagona yer soliği tölovçilari endilikda qöşilgan qiymat soliği tölovçilari hisoblanadilar. Bunda 2019-yil 1-oktyabrdan boşlab belgilangan pul aylanmasi (tuşumi) çegaraviy darajasiga yetgan yagona yer soliği tölovçilar uşbu darajaga erişilgan oydan keyingi oyning 1 sanasidan boşlab qöşilgan qiymat soliğini tölaşga ötadilar. Maʼruzaçi öz sözida mazkur Farmon asosida tumanimizda odilona soliq siyosatining olib borilişi natijasida joriy yilning ikkinçi yarmida byudjetga tuşumlar miqdorining keskin oşirilişiga erişiş çora-tadbirlari körilişini taʼkidladi.
Yiğiliş iştirokçilarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar qaytarildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶