Şaxmat-şaşka böyiça “Biz aql-idrokli oilalarmiz” turnir musobaqasi ötkazildi
Qadimiy öyin sanalgan şaxmat maʼnaviyatimizning bir bölagi sifatida eʼzozlanadi va ösib kelayotgan yoş avlodning mantiqiy tafakkur darajasini östiriş uçun ular uşbu sport turi bilan şuğullanişga keng jalb etiladi. Şaxmat va şaşka öyinini yanada kengroq tarğib etiş, voyaga yetmagan yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş va ularni sport musobaqalariga ommaviy ravişda jalb etiş maqsadida musobaqalar ham ötkazib boriladi.
13-iyul kuni Bolalar-ösmirlar sport maktabining şaxmat zalida oilalar örtasida özaro madaniy-sport aloqalarini yölga qöyiş maqsadida “Mahalla” kubogi uçun şaxmat-şaşka böyiça “Biz aql idrokli oilalarmiz” turnir musobaqasi taşkil etildi. Musobaqada ovul va mahallalarda istiqomat qiluvçi oilalar, yaʼni 2 nafar 75 yoşgaça bölgan buva va buvi, 2 nafar 50 yoşgaça bölgan ota-ona hamda 2 nafar 16 yoşgaça bölgan farzandlardan taşkil topgan jamoalar qatnaşdi. Mahallalararo bosqiç ğoliblari iştirok etgan musobaqaning tuman bosqiçi hakamlar hayʼati tomonidan odilona baholab borildi. Musobaqa yakunida Tölqin ovulidan Yöldoşevlar oilasi 1-örin, Durunki mahallasidan Qurbonovlar oilasi 2-örin, Kuyuk Köpir ovulidan Boltayevlar oilasi 3-örin ğolibi deb topildi.
Ğolib jamoalarga taşkilotçilar tomonidan diplom va esdalik sovğalar topşirildi.
D.Abdurahmonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶