SAMANDARNING YuTUQLARI KÖPAYMOQDA
Mamlakatimizda sportni, ayniqsa, bolalar sportini rivojlantiriş borasida tub özgarişlar amalga oşirilmoqda. Jismoniy tarbiya va sportning kelajak avlodni soğlom qilib tarbiyalaşdagi örni hisobga olinib, zamon talablariga javob beruvçi yangi-yangi sport inşootlari qurilib, foydalanişga topşirilmoqda.
Tumanimizdagi 38-sonli maktabning 9-sinf öquvçisi Samandar Madrahimov ham sport bilan endigina şuğullana boşlaganiga qaramay, tumanimiz, qolaversa, Qoraqalpoğiston miqyosida musobaqalarda öz vazn toifasida faxrli örinlarni egallab kelmoqda.
U kuraş böyiça 2004-2005-yillarda tuğilgan bolalar örtasida tumanimizdagi Bolalar-ösmirlar sport maktabi birinçiligi uçun ötkazilgan musobaqada 1-örin, Vatan himoyaçilari kuniga bağişlab, dzyudo kuraşi böyiça 2002-2003-yillarda tuğilgan ösmirlar örtasida 60 kg. vazn toifasida 1-örin, Nukus şahri 1-sonli Bolalar-ösmirlar sport maktabi oçiq birinçiligida ham 1-örinni egalladi.
Samandarning qator nufuzli musobaqalarda ğolib bölib, qölga kiritgan medallari, faxriy yorliq va diplomlari kişining havasini keltiradi.
U maktabda aʼlo baholarga öqib, böş vaqtlaridan unumli foydalanib, maşqlarni kun sayin kuçaytirib bormoqda. Uning maqsadi jahon miqyosidagi musobaqalarda qatnaşib, yurtimiz sport şaʼnining yuksalişiga hissa qöşişdir.
Xosiyat ZARIPOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶