Foydasidan zarari köp
Bugungi kunda qaysi sohani körmang, kompyuter texnikasi muhim örinda turadi. Şu bilan bir qatorda qölimizdagi uyali telefon ham bizning doimiy hamrohimizga aylangan. Oğirimizni yengil qilayotgan bu telefonlarning foydasi köp. Lekin şu bilan bir qatorda uning zararli tomonlari ham borda. Tengdoşlarim bilan bir davrada ötirganimizda ham asosiy mavzu telefon böladi. Lekin biz yoşlar uçun bu telefonning foydasidan köra zarari köproq, deb öylayman. Avvalo u bizning öqib intilişimiz uçun muhim bölgan vaqtimizni öğirlaydi. Ayniqsa jahon közgusi bölmiş internetdagi turli saytlar biz yoşlarning diqqatimizni tortmay qolmaydi. Albatta, men bu gapim bilan internetni qoralamoqçi emasman, baʼzi bir yoşlarni bilaman, internetdan şu qadar unumli foydalanişadi. Bundaylar köplab topiladi.
Hozirgi kunda barça uçun birdek daxldorkundalik global muammolar ham internet bilan boğlanib ketmoqda. Bunga birgina misol, odam savdosi ham internet bilan çambarças boğliq ekanligi hammaga ayon.
Internet orqali tanişib, oila qurayotganlar ham topiladi. Bu mavzularda yana köplab mulohazalar yuritiş mumkin. Biz yoşlarga esa hozir eng muhimi faqatgina öqiş va intiliş, oldimizda turgan asosiy işimizdir. Internetning zararli taraflariga boğlanib qolmasdan, kitob bilan döst tutinsak, biz uçun koni foyda. Bizga, biz yoşlarga şu qadar imkoniyatlar yaratib berilganki, ulardan foydalanib, öqisak, intilsak, albatta, kelajagimiz yorqin böladi.
Yulduz TURSUNBOYeVA,
NDPI qoşidagi 3-sonli akademik litseyning 1-bosqiç öquvçisi.
(Foto - http://nav.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶