QÖRIQLAŞ XIZMATIGA IŞONÇ ORTAYaPTI
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik şaxslar mulkining qöriqlanişini taʼminlaş samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-4060-sonli Qaroriga va Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirligining, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika Kengaşining hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Qöriqlaş boşqarmasining qator qaror va körsatmalariga asosan joylarda texnik qöriqlaş punktlari faoliyatlarini yanada yaxşilaş yuzasidan bir qança işlar amalga oşirilayapti.
Jumladan Amudaryo tumani hududida faoliyat körsatayotgan taʼlim muassasalari, bozorlar, savdo va xizmat körsatiş şoxobçalari, xususiy dökonlar, kompyuter xonalari, paynet şoxobçalari va şunga öxşaş savdo va xizmat körsatiş obʼektlari hamda köp qavatli uylarda fuqarolar xotirjamligini taʼminlaş, öğirliklar, talon-tarojliklar sodir etilişining oldini oliş maqsadida qöriqlanadigan obʼektlarga texnik qöriqlaş bölimi tomonidan yangi zamonaviy qöriqlov uskunalari örnatilmoqda. Natijada keyingi paytlarda qöriqlovga olingan obʼektlarda öğirliklar sodir etilmadi. Şu sababli bölsa kerak, tumanimizda qöriqlovga topşirilayotgan obʼektlar soni tobora köpayib borayapti.
Joriy yilning ötgan 6 oyi davomida texnik qöriqlaş punkti xodimlari avtomatlaştirilgan qöriqlaş tizimlari orqali berilgan xabarlarga köra tezkorlik bilan tegişli joylarga borib, obʼektlarda röy berişi mumkin bölgan 18 ta noxuş hodisalarning oldini olişga erişdilar.
Jumladan, Manğit şahrining Gurlan köçasida joylaşgan, “Lavaş” çoyxonasiga, Qipçoq yöli böyidagi Bobur kafesiga, Çordara mahallasida joylaşgan “Şahlo” kafesiga bemahalda yomon niyatda kirişga harakat qilgan mast kişilar qölga olinib, ularga tegişli çoralar körildi.
Köriqlaş bölimi xodimlari özlariga işonib topşirilgan obʼektlarda xavfsizlikni taʼminlaş, ularni işonçli qöriqlaşni amalga oşiriş maqsadida barça imkoniyatlardan unumli foydalanmoqdalar. Ularning bugungi kundagi maqsadlari – xalqimiz işonçini töla oqlaşdan iborat.
Q.QANNAZAROV, Qoraqalpoğiston Respublikasi Qöriqlaş boşqarmasi
1-Alohida otryadi TQP boşliği, leytenant.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶