MAHALLALAR FUTBOL JAMOALARI HOKIM KUBOGI UÇUN KUÇ SINAŞDILAR
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M.Mirziyoyev raxbarligida 2019-yil 19-martda ötkazilgan videoselektor yiğilişida yoşlarni madaniyat va sanʼat, sport sohalariga keng jalb etiş, axborot texnologiyalari va kitob öqişga bölgan kizikişini har tomonlama köllab-quvvatlaşga karatilgan 5 ta taşabbusni amalga oşiriş böyiça topşiriqlar berilgan edi. Uşbu topşiriq ijrosini taʼminlaş va tumanimiz yoşlarining sport sohasiga bölgan qiziqişlarini rağbatlantiriş maqsadida tuman Jismoniy tarbiya va sport bölimi tomonidan keng qamrovli işlar amalga oşirilmoqda.
Yaqinda mahallalar örtasida sportning futbol turi böyiça tuman hokimi kubogi musobaqalari uyuşqoqlik bilan ötkazildi. Bundan közlangan asosiy maqsad yoşlarni ommaviy ravişda sport musobaqalariga keng jalb qiliş orqali ularning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, özaro madaniy-sport aloqalarni yölga qöyiş hamda jismoniy tarbiya va sportni yoşlarning kundalik hayotiga muhim vazifa sifatida kiritiş, soğlom turmuş tarziga rioya qiladigan vatanparvar, masʼulliyatli, barkamol avlodni tarbiyalaşdan iboratdir.
Hokim kubogi musobaqalari tuman hokimligi, tuman Jismoniy tarbiya va sport bölimi hamda fuqarolarning özini özi boşqariş organlari foaliyatini muvofiqlaştiriş böyiça tuman Kengaşi va bir qator hamkor taşkilotlar tomonidan taşkil etildi.
Hokim kubogi musobaqalari Manğit şaxridagi Bolalar sport majmuasida (Vaxum stadionida) ötkazildi. Unda tumanimizning 30 ta maxalla jamoalaridan 510 nafar iştirokçi qatnaşdi. Musobaqa 15-iyun va 13-avgust oraliğida, belgilangan jadval asosida ötkazildi. Döstona va qizğin bellaşuvlar asosida ötgan musobaqalarda 1-örinni Kuyuk köpir OFY jamoasi, 2-örinni Beruniy MFY jamoasi, 3-örinni Beş ovul MFY jamoalari egallaşdi. Ötkazilgan musobaqalar doimiy ravişda Amudaryo televediniyesi orqali yoritilib borildi.
Musobaqaning yuqori saviyada ötişiga xissa qöşgan hakamlar, yaxşi natijalarga erişgan iştirokçilar hamda jamoalar 12 ta nominatsiya böyiça faxriy yorliq va qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanişdi.
Musobaqada 1-,2-,3-örinni egallagan jamoalar Mustaqillik bayrami tantanasi kuni tuman xokimi tomonidan munosib taqdirlanadi.
J.YaXŞIMOV, tuman Jismoniy tarbiya
va sport bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶