Madaniyat
👁 757
Qilichboy ovulida mustaqillik bayrami arafasida katta tadbir oʻtkazildi
Ayni kunlarda yurtimizda bayram shukuhi kezmoqda. Istiqlolimizning 28-yilligi munosabati bilan ovul va mahallalarda oʻtkazilayotgan turli tadbirlar xalqimizga koʻtarinki ruh bagʻishlamoqda.
Qilichboy ovulida ham bayramga bagʻishlab, katta tadbir oʻtkazildi. Qilichboy madaniyat markazi binosi oldida markaz sanʼatkorlari, toʻgarak aʼzolari ishtirokida boʻlib oʻtgan tadbirda Vatan madh etuvchi qoʻshiq va sheʼrlar, dilrabo raqslar, sahna koʻrinishlari mahorat bilan ijro etildi.

Bayram munosabati bilan oʻtkazilgan mazkur tadbir zamonaviy qiyofaga kirgan ovulning baxtiyor xalqiga nihoyatda katta zavq bagʻishladi.

M.Xalillayeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶