28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 21:40
Qishloq xoʻjaligi 👁 825

Amudaryo tumanida 9 ta fermer xoʻjaliklarining 113 gektar paxta dalalarida tomchilab sugʻorish yoʻlga qoʻyildi

Amudaryo tumanida 9 ta fermer xoʻjaliklarining 113 gektar paxta dalalarida tomchilab sugʻorish yoʻlga qoʻyildi

5-sentyabr kuni Qilichboy ovuli Besh ovul mahallasida faoliyat yuritayotgan “Farhodov Asadbek” fermer xoʻjaligi dalasida tomchilab sugʻorishni joriy etishning afzalliklari xususida seminar oʻtkazildi. Seminarda taʼkidlanganidek, global iqlim oʻzgarishi natijasida soʻnggi yillarda davriy ravishda suv tanqisligi kuzatilmoqda. Shu sababli yer osti suv zaxiralaridan samarali foydalanish hamda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish ichki bugunning dolzarb masalasi hisoblanadi.

Prezidentimizning 2018-yil 27-dekabrdagi qaroriga asosan gʻoʻza yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha loyihalarni amalga oshirayotgan paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning taʼsirchan tizimini joriy etish ustuvor vazifa etib belgilangan edi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevral kungi qarori bilan “Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” tasdiqlandi.

Bu borada tumanimizda ham qator amaliy ishlar qilinmoqda. Joriy yilda tumanda 113 gektar paxta maydonlarida tomchilab sugʻorishni joriy etish rejalashtirilib, loyihaning umumiy qimati 2 milliard 200 million soʻmni tashkil qiladi.

Shu kungacha tumandagi “Xudoybergenova Omongul” fermer xoʻjaligining 32 gektar yerida 600 million soʻmlik, “Farxodov Asadbek” fermer xoʻjaligining 10 gektar maydonida 200 mln. soʻmlik va yana 7 ta fermer xoʻjaliklarining jami 71 gektar maydonlarida umumiy qiymati 1 milliard 200 million soʻmlik ish hajmi bajarildi. Tuman boʻyicha jami boʻlib 9 ta fermer xoʻjaliklarining paxta dalalarida tomchilab sugʻorish yoʻlga qoʻyilib, vegetatsiya mavsumi davomida gʻoʻza nihollari 3-martadan sugʻorildi.

Seminarda tuman hokimi S.Yoʻldashev va boshqalar taʼkidlanganlaridek, ekinlarni tomchilatib sugʻorish bir qancha afzalliklarga ega. Jumladan, oʻsimlikning talabiga mos ravishda suv beriladi, tuproqdan suv kam bugʻlanadi, dalada begona oʻtlar boʻlmaydi. Qolaversa, suv tuproqqa singib ketmaydi va oqavaga tashlanmaydi. Sugʻorish jarayonida moddiy resurslar sarfi va qoʻl mehnati kamayadi, suv va oʻgʻitlarni yetkazib berish osonlashadi. Shuningdek, oʻsimlikning suv va oʻgʻitni tuproqdan olishi osonlashadi. Tomchilatib sugʻorishda boshqa sugʻorish usullariga nisbatan ekin turiga qarab 20 foizdan 60 foizgacha suv tejaladi. Hosildorlik miqdori va sifati oshadi. Mineral oʻgʻit suv bilan berilishi sababli, oʻgʻit sarfi bir necha baravarga kamayadi. Bir soʻz bilan aytganda, tomchilab sugʻorish ancha mablagʻni tejab, moʻl hosil olish imkonini beradi.

Seminarda kelgusi yillarda tomchilab sugʻoriladigan maydonlar hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026