Tumanda aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi taʼminlanmoqda
Atrof-muhit tozaligi va inson salomatligi bir-biriga uzviy boğliqdir. Şu bois soğlom turmuş tarzini yaratiş, aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligini taʼminlaş juda muhim hisoblandi.
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalikni taʼminlaş, hududga yuqumli va karantin infektsiyalarining kirib kelişi, tarqalişining oldini oliş böyiça tuman Davlat Sanitariya epidemiologiya nazorat markazi tomonidan tegişli çora-tadbirlar muntazam yölga qöyilgan. Şuningdek, tibbiyot xodimlari va hamkor taşkilotlar bilan birgalikda salomatlikka zararli taʼsir körsatuvçi omillarning oldini olişga qaratilgan ogohlantiruvçi sanitariya nazorati ham ötkazilib borilmoqda.
Tumanimizning barça hududlarida sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarşi kompleks çora-tadbirlar samarali amalga oşirilmoqda. Yuqumli, öta xavfli viruslarning kirib kelişi, tarqalişining oldi olinmoqda. Natijada aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi va xotirjamligi taʼminlanmoqda.
Tumandagi Sanitariya epidemiologiya nazorat markazi tarkibiy tuzilmasi sanitariya-gigiyena, epidemiologiya, dezinfektsiya, parazitologiya bölimlaridan iborat. Şuningdek, u yerda kommunal gigiyenasi, bolalar va ösmirlar gigiyenasi, ovqatlaniş gigiyenasi, ekologiya, mehnat gigiyenasi bölinmalari ham mavjud. Turli namunalar tekşiruvdan ötkaziladigan sanitariya-gigiyena, bakteriologiya va parazitologiya laboratoriyalari ham faoliyat körsatadi.
Ötgan davr mobaynida markaz zamonaviy axborot texnologiyalari bilan yetarliça taʼminlandi va internet tarmoği orqali elektron axborot almaşinuvi yölga qöyildi. Laboratoriyalarda joriy taʼmirlaş işlari amalga oşirilib, yangi asbob-uskunalar, jihozlar örnatildi.
Markazda 29 nafar turli toifadagi şifokorlar, 68 nafar örta tibbiyot xodimlari işlaşadi. Faoliyat davomida asosan tegişli nizom va Özbekiston Respublikasining “Fuqarolar soğligini saqlaş töğrisida”gi, “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi töğrisida”gi Qonunlari, Prezidentimizning farmon va qarorlari, hukumat qarorlari, vazirlik va yuqori taşkilotlar buyruq va huquqiy-meʼyoriy hujjatlar böyiça iş olib boriladi.
Nazorat markazi tomonidan aholi salomatligiga zararli taʼsir körsatuvçi omillarning oldini olişga qaratilgan ogohlantiruvçi sanitariya nazorati turli obʼektlarda ötkaziladi. Atrof-muhit monitoringi davomida oçiq suv havzalari, atmosfera, tuproqning har xil kimyoviy, biologik çiqindilar, mikroblar, parazitar kasalliklar çaqiruvçilar bilan ifloslanişining oldini olişga eʼtibor qaratiladi. Muntazam ravişda yölga qöyilgan nazoratlarda kommunal, madaniy-maişiy, umumiy ovqatlaniş va savdo obʼektlarida, umumtaʼlim muassasalarida, sanoat işlab çiqariş korxonalarida tozalik va sariştalikka qatʼiy rioya qilinişi tekşirilib boriladi. Bu bilan hududda sanitariya holat yaxşilanişiga erişilib, aholining sanitariya madaniyati oşirilişi taʼminlanmoqda.
Joriy yilning 7 oyi davomida röyxatga olingan 812 ta obʼektning 85 tasida laboratoriya instrumental usulida sanitariya nazorati ötkazildi. Obʼektlardan sanitariya-gigiyena laboratoriyasiga 2 100 ta namuna olindi va 466 tasi sanitariya talablariga javob bermasligi aniqlandi. Bakteriologik laboratoriyaga 1 374 ta namuna olingan bölib, 23 tasi sanitariya talablariga javob bermasligi maʼlum böldi. Mavjud kamçiliklarni bartaraf qiliş maqsadida tegişli çora-tadbirlar işlab çiqildi va muassasa rahbarlariga qator tavsiyalar berildi.
Aholining toza içimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini aniqlaş maqsadida tuman hududidagi vodoprovod tarmoqlaridan laboratoriyaga keltirilgan 335 ta namuna tekşirildi va 166 tasi tegişli talablarga javob bermasligi aniqlandi. Uşbu kamçiliklarni bartaraf qiliş böyiça suv tarmoqlari korxonasiga tegişli tavsiyalar berilib, bajarilişi nazoratga olindi va zararsizlantiriş işlari olib borildi. Ötkazilgan tekşirişlar davomida sanitariya böyiça qonun buziliş holatlariga yöl qöygan 91 nafar javobgar şaxsga maʼmuriy iş qözğatildi va belgilangan miqdorda jarima solindi. Şuningdek, sanitariya qoida va meʼyorlari talablariga javob bermaganligi uçun 9 ta obʼektning iş faoliyati vaqtinça töxtatildi.
Muntazam ravişda ötkazib borilgan barça tadbirlar samarali natija berib, ötgan davr mobaynida tumanda aholi, bolalar örtasida öta xavfli va karantin, yuqumli kasalliklar qayd qilinmadi.
Tuman Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi tomonidan mavsumiy yuqumli va parazitar, kasbiy kasalliklarning oldini oliş maqsadida tibbiy profilaktik tadbirlar ötkazilmoqda. Şuningdek, hududlarda obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlarini jonlantiriş, sanitariya madaniyatini yanada oşiriş böyiça ham tarğibot-taşviqot işlari olib borilmoqda.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶