Tuman hokimi “TASHKENT GRAND PRIX – 2019” ğolibi Şarofiddin Boltaboyev xonadoniga taşrif buyurdi
Dzyu-do kuraşi böyiça Özbekiston terma jamoasi aʼzosi Şarofiddin Boltaboyev Qoraqalpoğiston, Özbekiston çempionatlari hamda xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli iştirok etib kelmoqda. Amudaryo tumanidagi Bolalar-ösmirlar sport maktabida mahoratini oşirgan, mohir murabbiylardan kuraş sirlarini örgangan va katta sportga qadam qöygan yoş sportçi mamlakatimiz sport şarafini yanada yuqori kötarmoqda.
Yaqinda yurtdoşimiz Şarofiddin Boltaboyev Toşkent şahrida bölib ötgan “TASHKENT GRAND PRIX – 2019” xalqaro musobaqasida 81 kilogramm vazn toifasi böyiça iştirok etdi. Mohir dzyu-doçi ilk – saralaş bosqiçida raqibini atigi 2-soniyada “ipon” bilan mağlub etdi va dzyu-do böyiça xalqaro gran-pri rekordini yangiladi. Musobaqa finalida özbekistonlik ikki vakil – Kamoliddin Pasulov va Şarofiddin Boltaboyevlar özaro bellaşdilar. Şarofiddinning qöli baland kelib, ğalabaga erişdi va oltin medalni qölga kiritdi. Unga Tokio olimpiadasida iştirok etiş uçun yöllanma ham berildi.

Eng tezkor ğalabaga erişgan dzyudoçi sifatida jahon dzyudosi tarixiga kirgan va katta yutuqlar sohibi bölgan polvon tumanimizda munosib kutib olindi. Sportçi xonadoniga tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, hokim örinbosarlari Alişer Yöldoşev, Jasur Norimov, Bolalar-ösmirlar sport maktabi direktori Çarşam Tojimurodov va boşqalar taşrif buyurişdi. Şarofiddin Boltaboyev va uning ota-onasi bilan uçraşib, erişilgan ğalabalar bilan tabriklaşdi, sportdagi yutuqlari bilan mamlakatimizni dunyoga tanitayotgan yoş sportçiga qimmatbaho sovğalar taqdim etişdi.
Eʼtibor va rağbatdan Şarofiddin Boltaboyev, uning oila aʼzolari nihoyatda mamnun böldilar.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶