Qishloq xoʻjaligi
👁 604
PAXTA TERIMI SURʼATI KUN SAYIN OShAYaPTI
“Daryo boʻyi” mahallasidagi “Jumaniyozov Orzimbat” fermer xoʻjaligida bu yil 20 gektar maydonda moʻl paxta hosili yetishtirildi.
Bugungi kunda fermer xoʻjaligida faoliyat koʻrsatayotgan 17 nafar pudratchi paxta yigʻim-terimini jadal surʼatlar bilan davom ettirmoqdalar.
Paxta yigʻim-terimi dolzarb pallaga kirayotgan bugungi kunda mahallaning uyushmagan aholisi ham yordamga kelishib, fermer xoʻjaligiga yaqindan yordam berishmoqda.
- 17 nafar pudratchilarimizdan tashqari har kuni 60-65 nafar mahalladoshlarimiz ham paxta terimida faol ishtirok etishayapti. Shu boisdan ham biz tez kun ichida shartnomaviy rejamizni ham ortigʻi bilan bajarishga erishamiz. – deydi fermer xoʻjaligi raisi Otabek Jumaniyozov.

A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶