ÖQITUVÇILAR ORASIDA FUTBOL BÖYIÇA MUSOBAQA ÖTKAZILDI
Umumtaʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan öqituvçi va murabbiylarning faolligini oşiriş va sportga qiziqişlarini yuksaltiriş maqsadida yaqinda Manğit şahridagi markaziy öyingohda xalq taʼlimi tizimi xodimlari orasida sportning futbol turi böyiça musobaqa ötkazildi.Musobaqada ustoz va murabbiylar hududlar böyiça jamoalarga bölinib, özaro kuç sinaşdilar.
Murosasiz keçgan bahslarda Örta qalʼa ovulida joylaşgan taʼlim muassasalari xodimlari birinçi, Tölqin ovulida joylaşgan taʼlim muassasalari xodimlari ikkinçi, Manğit şahri hududi taʼlim muassasalari xodimlari esa uçinçi örinni yengib oldilar .
Musobaqa ğoliblariga taʼlim , fan va madaniyat xodimlari kasaba uyuşmasi Amudaryo tuman kengaşi tomonidan "Faxriy yorliq " va esdalik sovğalari topşirildi.
1-oktyabr - Öqituvçi va murabbiylar kuni munosabati ötkazilgan sport musobaqasi barça iştirokçilarga kötarinki kayfiyat ulaşdi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶