28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 15:52
Salomatlik 👁 873

38 nafar patronaj hamshiralariga velosipedlar topshirildi

38 nafar patronaj hamshiralariga velosipedlar topshirildi

Mamlakatimizda barcha sohalar qatori sogʻliqni saqlash tizimi ham yangilanib, takomillashib bormoqda. Bugungi kunda bu yoʻnalish boʻyicha Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan muhim qarorlar hamda kiritilayotgan ilgʻor texnologiyalar tibbiy xizmat sifatini yuksaltirib, kasalliklarni erta aniqlash, samarali davolash imkoniyatini yanada kengaytirmoqda. Ayniqsa, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, har bir hududda kasallanish darajasini pasaytirish, profilaktika ishlarini yanada yaxshilashda tibbiy patronaj xizmati alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Bosuv mahallasi hududiga patronaj xizmati boʻyicha biriktirilgan Gulbahor Yangiboyeva tajribali va bilimli, shu qatorda masʼuliyatli, fidoyi hamshiralardan biridir. U oʻrta tibbiyot xodimi vazifasida 22-yildan beri xizmat qilib kelmoqda. Oʻz hududidagi aholi xonadonlaridan rejaga muvofiq, tez-tez xabar olib turadi. Parvarishga muhtoj yolgʻiz keksalar, nogironlar va boshqa shu toifaga kiruvchilar, homiladorlar, bir yoshga toʻlmagan bolalar, yaqinda farzand koʻrgan ayollar salomatligini muntazam kuzatib boradi. Tibbiy profilaktika koʻrigiga jalb etish, bola­larni emlashga toʻliq qamrab olish, emlash natijalarini kuzatib borish, oilalarga tibbiy maʼrifat tarqatishdek muhim vazifani astoydil bajarayotgan patronaj hamshirasidan hududdagi aholi ham nihoyatda mamnun.

Patronaj xizmati homiladorlar, goʻdaklar, yosh oilalar, keksalar, yangi farzand koʻrgan ayollar va parvarishga muhtoj yolgʻiz qariya, nogiron hamda oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga uy sharoitida tibbiy xizmat koʻrsatish tizimidir. Aholi salomatligiga javobgar yoʻnalish boʻlgan patronaj xizmati rivojidan, avvalo, onalar va bolalar sogʻligʻini mustahkamlash, ularni toʻliq patronaj tizimi bilan qamrab olish kabi maqsadlar koʻzda tutilgan.

Amudaryo tumanida bugungi kunda 33 ming 877 ta xonadonda yashovchi  197 mingdan ziyod aholiga 1 ta koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, 7 ta Qishloq oilaviy poliklinikasi va  2 ta Qishloq vrachlik punkti orqali birlamchi tibbiy sanitariya yordami va  patronaj  xizmati  koʻrsatiladi. Qishloq oilaviy poliklinikalari va Qishloq vrachlik punktlariga biriktirilgan  23 ming 287 ta xonadonda yashovchi 132 ming 500 nafardan ziyod aholi salomatligiga 54 nafar umumiy amaliyot shifokori, 253 nafar oʻrta tibbiyot xodimi va shundan 150 nafar patronaj hamshiralar masʼul hisoblanadi.

Tuman markazidagi 10 ming 590 ta xonadonda yashovchi  64 mingdan ortiq aholi esa koʻp tarmoqli markaziy poliklinikadagi 29 nafar umumiy amaliyot shifokori va 103 nafar oʻrta tibbiyot xodimi,  shundan 71 nafar patronaj hamshiralari tibbiy xizmatidan foydalanadi.  

Birlamchi tibbiy sanitariya muassasalarida aholiga patronaj xizmati koʻrsatish boʻyicha tumanda 221 nafar patronaj hamshiralar oʻz xizmat vazifalari, bilimi, mahorati va tibbiy madaniyati boʻyicha toʻliq tayyorgarlikdan oʻtib, el salomatligi yoʻlida fidoyilik qilmoqda.

Ana shunday oʻz kasbining fidoyilariga 4-oktyabr kuni tuman Tibbiyot birlashmasida oʻtkazilgan tadbirda xizmat velosipedlari topshirildi.

Tadbirda soʻzga chiqqan tuman hokimi oʻrinbosari  Alisher Yoʻldoshev, tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻi Endirboy Abdullayev va boshqalar tibbiy patronaj xizmati aholining sogʻlom hayot kechirishini taʼminlashga xizmat qilayotganligini, eng chekka hududlardagi oilalarni ham toʻliq qamrab olishda muhim oʻrin tutayotganligini, hamshiralarga ham oʻz vazifalarini toʻla ado etishlari uchun yetarli sharoitlar yaratilayotganligini taʼkidlab oʻtishdi. Shundan soʻng, 38 nafar patronaj xizmati hamshiralariga olis qishloqlardagi aholi xonadonlariga qatnovni amalga oshirishlari uchun velosi­pedlar topshirildi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, patronaj hamshiralari yosh oilalar, fertil yoshdagi ayollar, bolalar va oʻsmirlar salomatligini oʻz vaqtida kuzatib borish bilan birga oʻzlariga biriktirilgan aholi xonadonlariga muntazam ravishda borib, turmush tarzi, sanitariya holatlarini ham oʻrganishmoqda. Xonadonlarda shaxsiy gigiyena qoidalari, ovqatlanish madaniyati, hovlidagi chiqindilarni yigʻish va chiqarish tartiblari boʻyicha suhbatlar oʻtkazishmoqda. Har bir uydagi oshxona, hojatxona, yuvinish xonalarini toza tutish, ularni belgilangan tartibda saqlash qoidalarini tushuntirishmoqda.

Endilikda tibbiy muassasalar tomonidan aholiga yanada sifatli va tezkor tibbiy xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi. Bu esa kasalliklarning oʻz vaqtida oldini olish, onalik va bolalikni tibbiy-ijtimoiy muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday eʼtibor va ragʻbat oʻrta tibbiyot xodimlariga oʻz faoliyatini rivojlan­tirish, patronaj xizmatini yanada yuksaltirishda katta koʻmak boʻladi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026