28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 15:53
Salomatlik 👁 684

“SOGʻLOM ODAMGINA BAXTIYoR BOʻLA OLADI”

“SOGʻLOM ODAMGINA BAXTIYoR BOʻLA OLADI”

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jamiki oʻzgarishlar, bunyodkorliklar, islohotlar zamirida inson omiliga eʼtibor, uning baxtiyor, farovon va oʻz hayotidan rozi boʻlib yashashiga erishishdek ezgu maqsadlar mujassamdir.

Bu borada soʻz yuritganda, eng avvalo, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirishga alohida eʼtibor berilayotganini tilga olish joiz. Inson hayotda tetik, oilasi tinch, farzandlari sogʻlom boʻlsagina chinakam baxtiyor boʻlishi mumkin. Bemor shohdan sogʻlom gado baxtlidir, degan xalq naqli bejiz aytilmagan.

Shu boisdan ham 2017-yil 29-martda “Oʻzbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qabul qilingan Prezident Qarorida sogʻliqni saqlash sohasini tubdan isloh qilish, uning birlamchi boʻgʻinidagi boʻlinmalari va qishloq vrachlik punktlari faoliyatini tubdan takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar belgilab berilgan edi.

Oʻtgan davr mobaynida bu borada olis-olis hududlarda ham aholiga eng yaqin tibbiy boʻgʻinlarda qator oʻzgarishlar qilindi. Qarorga muvofiq birlamchi tibbiyot muassasalarida koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati oshirilib, aholi kasallanish darajasini pasaytirish maqsadida profilaktika ishlari yaxshilanmoqda. Muassasalarda malakali mutaxassislarning faoliyat yuritishi taʼminlanmoqda.

Xitoy ovulida joylashgan 6-sonli qishloq oilaviy poliklinikasi Xitoy, Boʻzyop ovullari va  Namuna, Toryop mahallalarida istiqomat qiluvchi 18189 nafar aholiga xizmat koʻrsatadi.

Hududda 1 yoshgacha boʻlgan bolalar 338 nafar, 14 yoshgacha boʻlgan bolalar 4646 nafar, 18 yoshgacha boʻlganlar 5119 nafarni tashkil etadi. Shuning oʻziyoq qishloq oilaviy poliklinikasi tibbiyot xodimlari zimmasida nechogʻlik masʼuliyatli vazifalar borligini anglatadi. Negaki sogʻlom hayot tarzi, tibbiy madaniyat, sanitariya-gigiyena qoidalarini oʻzlashtirish, oʻz sogʻligʻi uchun har kimning oʻzi javobgarlik tushunchasi bolalikdan singdirilishi va tarbiyalanishi lozim. Muassasada pediatr Shohsanam Begmonova, jarroh Tojiboy Bozorboyev, stomatolog Shuhrat Davletov, laborant Dinora Yavidova, umumiy amaliyot shifokorlari Omonboy Yeluboyev, Xosiyat Xudoyberganovalar aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish bilan bir qatorda kasalliklardan saqlanish borasida targʻibot-tashviqot ishlarini ham olib borishayapti.

Muassasaga tashrif buyurgan bemorlarga zarur hollarda ultratovush tekshiruvi, qon va peshob tahlillarini tekshirish orqali aniq tashhis qoʻyiladi va davo muolajalari amalga oshiriladi. Har qanday tashhis natijalarini aniqlatish uchun hatto tuman markaziga ham ovora boʻlib yurmay, oʻz hududida kasalliklariga aniq tashhis qoʻyilib, samarali davolanayotganidan, ayniqsa, keksalar juda minnatdor.

- Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish 6-sonli qishloq oilaviy poliklinikamiz shifokorlarining asosiy faoliyati mezoniga aylangan – deydi QOP mudirasi Gavhar Qoʻchqarova biz bilan suhbatda. – Chunki sogʻlom odamgina baxtiyor boʻla oladi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026