13.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
13.11.2026, 01:05
Siyosat 👁 4,791

Farzandlari soğlom mamlakatning kelajagi buyukdir

Farzandlari soğlom mamlakatning kelajagi buyukdir

ÖzA, 22.02.2014 06:02

Davlatimiz rahbari Islom Karimov taşabbusi bilan 2014-yilning mamlakatimizda Soğlom bola yili deb eʼlon qilinişi jamoatçiligimiz tomonidan keng qöllab-quvvatlandi.

Joriy yilning 19-fevral kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining "Soğlom bola yili” Davlat dasturi töğrisida”gi qarori qabul qilindi. Şuni işonç bilan aytiş mumkinki, bu mustaqilligimizning ilk kunlaridan jismonan soğlom va maʼnan yetuk barkamol avlodni tarbiyalaş ustuvor vazifa etib belgilangan ijtimoiy yönaltirilgan davlat siyosatining mantiqiy davomi böldi. Ona va bola, Yoşlar, Barkamol avlod, Oila va boşqa nomlar bilan atalgan yillarda amalga oşirilgan işlar xalqimizning ezgu orzusi bölgan soğlom bola tarbiyalaşdek olijanob maqsadga hamohangdir. Heç şubhasiz, har birimiz farzandlarimizni soğlom va har tomonlama barkamol qilib tarbiyalaş, ularning baxt-saodati, yoruğ kelajagini körişni niyat qilamiz.

Ötgan davrda keng miqyosli va teran mazmunli ulkan işlar, mamlakatimiz va jamiyatimiz taraqqiyoti uçun ğoyat muhim ahamiyat kasb etuvçi vazifalarni bajarişga yönaltirilgan qator umummilliy dasturlar, birinçi navbatda, "Soğlom ona – soğlom bola” dasturi amalga oşirildi. Farzandlarimiz va xalqimiz baxti uçun, kelajagimiz uçun qilinayotgan bu ezgu işlar izçillik bilan davom etib, tobora kengayib borayotgani, yuksak samaralar berayotgani quvonarlidir.

Soğliqni saqlaş tizimini tubdan isloh etiş doirasida yuqori samaradorligi butun dunyoda eʼtirof etilgan ona va bola soğliğini muhofaza qilişning milliy modeli şakllantirildi. Ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazlari, soğliqni saqlaş tizimining birlamçi böğinlari, şu jumladan, qişloq vraçlik punktlari, oilaviy poliklinikalarning keng tarmoği yaratilgani natijasida aholi, avvalambor qişloq joylardagi onalar va bolalarning malakali tibbiy xizmatdan foydalaniş imkoniyatlari kengaydi.

Sönggi ön yilda davolaş-profilaktika muassasalarini modernizatsiya qiliş va eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlaş uçun 750 million AQŞ dollaridan ziyod mablağ yönaltirildi. Mustaqillik yillarida Özbekistonda onalar ölimi 3,1 barobar, gödaklar ölimi 3,2 barobar kamaydi. "Ona va bola skriningi” dasturi amalga oşirilişi natijasida tuğma nuqsonli bolalar tuğilişi 2000-yildan buyon 1,8-marta kamaydi. Bugungi kunda mamlakatimiz bolalarining 92 foizi rivojlaniş körsatkiçlari böyiça Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti standartlariga töla mos keladi. "Save the children” xalqaro taşkiloti reytingiga köra, Özbekiston dunyodagi bolalar salomatligi töğrisida eng köp ğamxörlik körsatadigan önta mamlakat qatoridan joy oldi.

Kadrlar tayyorlaş milliy dasturi va Maktab taʼlimini rivojlantiriş umummilliy davlat dasturining amalga oşirilişi samaralari mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalaşga qaratilayotan ulkan eʼtiborning yaqqol tasdiğidir. Maʼlumki, Özbekistonda 12 yillik majburiy taʼlim joriy etilgan, uning sifati xalqaro talablarga javob beradi. 2004-yildan buyon umumtaʼlim maktablarini quriş, moddiy-texnik bazasini yaxşilaş va jihozlaş uçun jami 2,8 trillion sömdan ortiq, bolalar musiqa va sanʼat maktablariga 2009-yildan buyon 488 milliard sömdan ziyod mablağ yönaltirildi.

Sport mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalaşning ajralmas tarkibiy qismiga aylangan. Uni bolalar va ösmirlar, ayniqsa, qizlar örtasida ommalaştiriş, soğlom turmuş tarzini keng qaror toptiriş böyiça noyob tizim yaratildi. Nafaqat şaharlarda, balki eng olis tumanlarda ham zamonaviy sport komplekslari barpo etildi. 2003-2013-yillarda 1816 sport obʼekti işga tuşirildi, bu bolalarni ommaviy tarzda sport bilan muntazam şuğullanişga va ularning salomatligini mustahkamlaşga kömaklaşmoqda. Bugungi kunda Özbekistonda ikki millionga yaqin bola, şu jumladan, 842 ming qizlar 30 dan ortiq sport turi bilan muntazam şuğullanmoqda.

Mamlakatimizda maʼnaviyat va maʼrifatni yuksaltirişga, bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalaşga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Şu bilan bir qatorda hayotning özi oldimizga soğlom avlodni tarbiyalaşdek muhim sohada yangi vazifalarni qöymoqda. Masalan, profilaktika işlari darajasi va tibbiy xizmatlar sifatini, ayniqsa, qişloq joylarda yanada oşiriş bilan boğliq masalalar hamon dolzarb bölib turibdi. Nikohdan ötuvçilarni tibbiy körikdan ötkaziş sifatini yanada yaxşilaş, körikni amalga oşiruvçi mutaxassislar masʼuliyatini kuçaytiriş lozim. Maktabgaça taʼlim muassasalari faoliyatini takomillaştiriş, oila institutini mustahkamlaş işlari ham muhim ahamiyatga ega.

Ayni paytda soğliqni saqlaş tizimiga bolalarning soğliğini taʼminlaşdek ulkan masʼuliyat yuklangan. Şu munosabat bilan joriy yilda sohaning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlaş, avvalambor, ona va bola soğliğini muhofaza qiliş bilan şuğullanuvçi tibbiyot muassasalarini eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlaş, malakali kadrlar bilan taʼminlaşga eʼtibor yanada kuçaytiriladi.

Albatta, soğlom bolani tarbiyalaşda aholining tibbiy madaniyati ham muhim örin tutadi, bu masala hanuz dolzarbligiça qolmoqda.

"Soğlom bola yili” Davlat dasturida közda tutilgan çora-tadbirlar, avvalo şu muhim masalalarni hal qilişga qaratilgan.

Joriy yilda Davlat dasturini amalga oşiriş jarayonida bu işlarning barçasi yanada yuqori darajaga kötariladi. Dasturda avvalo ham jismoniy, ham maʼnaviy jihatdan soğlom, mustaqil fikrlay oladigan, yuksak intellektual salohiyatli, çuqur bilimli va zamonaviy dunyoqaraşga ega, mamlakat taqdiri va kelajagi uçun masʼuliyatni öz zimmasiga olişga qodir barkamol avlodni şakllantiriş, davlat va jamiyatning barça kuç va imkoniyatlarini ana şu maqsadlarga safarbar etişga doir keng miqyosli çora-tadbirlarni amalga oşiriş közda tutilgan.

Dastur yetti bölim va 125 banddan iborat bölib, unda bolalar tuğilişi, taʼlim-tarbiyasi, oilada soğlom muhitni, uning iqtisodiy va maʼnaviy-ahloqiy asoslarini mustahkamlaş, ijtimoiy soha rivojiga ajratilayotgan mablağlar samaradorligini oşiriş bilan boğliq barça masalalar aks etgan.

Birinçi navbatda, soğlom va barkamol avlodni tarbiyalaş uçun qulay taşkiliy-huquqiy şaroitlar yaratişga qaratilgan qonunçilik va meʼyoriy-huquqiy bazani yanada takomillaştiriş, yangi qoida va meʼyorlarni işlab çiqiş böyiça çora-tadbirlar belgilangan.

Sakkizta qonun loyihasini işlab çiqiş rejalaştirilgan. "Bolalarni jismoniy va maʼnaviy rivojiga zararli taʼsir körsatuvçi axborotdan himoya qiliş töğrisida”, "Aholining sanitariya-epidemiologik barqarorligi töğrisida”, "Özbekiston Respublikasining "Taʼlim töğrisida”gi qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”, yangi tahrirdagi "Jismoniy tarbiya va sport töğrisida”, "Özbekiston Respublikasida yoşlarga oid davlat siyosati asoslari töğrisida”gi va boşqa qonunlar şular jumlasidandir.

"Bolalarni jismoniy va maʼnaviy rivojiga zararli taʼsir körsatuvçi axborotdan himoya qiliş töğrisida”gi qonunda bolalarni ularning ongini buzuvçi, ruhiy jarohat yetkazuvçi axborot taʼsiridan himoya qiliş, ommaviy axborot vositalarida şafqatsizlik va zöravonlik tarğibotiga yöl qöymaslikning taʼsirçan taşkiliy-huquqiy mexanizmlari közda tutiladi.

"Soğlom bola yili” Davlat dasturida oilada mehr-oqibat va özaro hurmat muhiti, yuksak ahloqiy va maʼnaviy qadriyatlarni barqaror qiliş, yoş oilalarni moddiy qöllab-quvvatlaş, onalik va bolalikni muhofaza qiliş, ona va bola salomatligini mustahkamlaş, xotin-qizlar öz iqtidorini röyobga çiqarişi uçun zarur şaroitlar yaratiş, ularning kundalik rözğor yumuşlarini yengillaştiriş kabi birinçi darajali vazifalar belgilangan.

Xotin-qizlar, bolalar va ösmirlarning sifatli tibbiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini yanada kengaytiriş maqsadida har oyda soğlomlaştiriş haftaliklari taşkil etiladi, şuningdek, mamlakatimiz yetakçi tibbiyot muassasalari mutaxassislari iştirokida olis tumanlarda yaşovçi 145 ming nafar aholi çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötkaziladi.

Yangi oilaviy poliklinikalar, qişloq vraçlik punktlari, sanatoriya-kurort obʼektlari barpo etiş, mavjudlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş işlari davom ettiriladi.

Mamlakatimizda 130 madaniyat va dam oliş markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, ön beşta yangi madaniyat va istirohat boğlarini barpo etiş, mavjud yigirma töqqiztasini rekonstruktsiya qiliş va taʼmirlaş rejalaştirilgan.

Maişiy texnika işlab çiqariş va uni xarid qiliş uçun isteʼmol kreditlari ajratişni kengaytiriş hisobiga xotin-qizlarning maişiy şaroitlarini yaxşilaş va rözğor yumuşlarini yengillaştirişga katta ahamiyat berilmoqda. 194 tumandagi olis qişloqlarda gözallik saloni, tikuvçilik, taʼmirlaş ustaxonalari va boşqa xizmat körsatiş korxonalaridan iborat namunaviy maişiy xizmat majmualari oçiladi.

Qişloq oilalarini zamonaviy uy-joy bilan taʼminlaş, ularning turmuş darajasi va sifatini yuksaltiriş borasidagi işlar yangi bosqiçga kötariladi. 2014-yilda namunaviy loyihalar asosida 11 ming yakka tartibdagi uylar quriladi. Ikki ming yoş oilaga uy-joy quriş va mamlakatimizda işlab çiqarilgan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar xarid qiliş uçun foizsiz ssudalar beriladi. Tumanlar markazlari va qişloqlarda suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini yaxşilaşga doir qator yangi loyihalar amalga oşiriladi.

Joriy yilda soğlom farzandlar tuğilişi va ularning salomatligini mustahkamlaş uçun şart-şaroitlarni yanada yaxşilaşga qaratilgan çora-tadbirlar amalga oşiriladi. MDH mamlakatlarida öxşaşi bölmagan zamonaviy köp tarmoqli bolalar markazini (IV darajali) quriş va uni yuqori texnologik tibbiyot uskunalari bilan jihozlaş közda tutilgan. Respublika ixtisoslaşgan pediatriya ilmiy-amaliy markazining qator bölinmalari, ToşPTI klinikalari, 13 viloyat köp tarmoqli bolalar tibbiy markazlari, 62 tuman tibbiyot birlaşmalari va boşqa tibbiy va tibbiy-ijtimoiy muassasalar quriladi hamda tubdan taʼmirlanadi. Ularning barçasi zamonaviy diagnostika va davolaş uskunalari bilan jihozlanadi, bu bolalarga jahon standartlari darajasida ixtisoslaştirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam körsatiş imkonini beradi.

Aholining sanitariya-epidemiologik barqarorligini taʼminlaşning eng samarali vositalaridan biri yuqumli kasalliklar profilaktikasidir. Şu maqsadda turli infektsiyalarga qarşi yangi vaktsinalarning bosqiçma- bosqiç joriy qilinişini hisobga olib, bolalarni emlaş dasturini takomillaştiriş zarur. Milliy emlaş taqvimi asosida kontingentning kamida 97 foizini qamrab olgan profilaktik vaktsinatsiya qiliş kölami kengaytiriladi.

Yil davomida maktabgaça taʼlim muassasalari tarbiyalanuvçilari va öquvçilarning 6,6 millionga yaqini çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötkaziladi, tarkibida yod moddasi bölgan dori-darmonlar vositasida soğlomlaştiriladi. Qişloqlarda yaşaydigan onalarning reproduktiv salomatligini mustahkamlaş maqsadida 400 ming nafar homilador ayol maxsus polivitaminlar bilan bepul taʼminlanadi.

"Soğlom bola yili” Davlat dasturida maktabgaça taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini bosqiçma-bosqiç mustahkamlaş, şu jumladan, ularni tubdan taʼmirlaş va jihozlaş, yangilarini qurişga yönaltirilgan aniq vazifalar belgilangan. Bolalarni maktabga tayyorlaş böyiça mutlaqo yangi dasturlarning işlab çiqilişi va joriy etilişi belgilangan bölib, ularda bolalarning aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanişi közda tutilgan.

"Barkamol avlod” bolalar markazlarini şakllantiriş dasturining amalga oşirilişi jarayonida 66 şunday markazlar tubdan taʼmirlanadi va jihozlanadi. Bu bolalarni ijodga, şu jumladan, texnik ijodiy işlarga yanada keng jalb qilişga kömaklaşadi.

Boşlanğiç sinflarda öqitiş sifatini yanada kötariş çoralari belgilangan. Jumladan, 1-4-sinf öquvçilari uçun öquv dasturlari va darsliklarning qayta körib çiqilişi, şuningdek, öqituvçilar uçun tegişli uslubiy qöllanmalar işlab çiqilişi nazarda tutilgan.

2014/2015 öquv yilida 2,6 million öquvçi 575 nomdagi 25 million nusxa darsliklar va öquv-uslubiy qöllanmalar bilan taʼminlanadi.

"Milliy umumtaʼlim elektron kutubxona” loyihasining amalga oşirilişi ham bolalarning intellektual rivojlanişiga kömaklaşadi. Loyihada turli bilim olişga oid va öquv materiallarini elektron formatga ötkaziş markazi, multimedia axborot resurslari markazi, şuningdek, integratsiyalaşgan axborot-kutubxona tarmoği taşkil etilişi, Özbekistondagi barça axborot-kutubxona muassasalarining 2020-yilgaça uşbu tarmoqqa ulanişi möljallangan.

Mamlakatimizda ota-ona mehridan mahrum va imkoniyati çeklangan bolalarga alohida ğamxörlik körsatib kelinmoqda. 2015-2017-yillarda Mehribonlik uylari, ixtisoslaştirilgan maktab-internatlar va maktabgaça tarbiya muassasalarining moddiy-texnik bazasini bosqiçma-bosqiç mustahkamlaş, rivojlangan davlatlarning ilğor tajribasini hisobga olgan holda öquv-tarbiya jarayonini tubdan takomillaştiriş çoralari köriladi.

Bu yil rejalaştirilgan qator qiziqarli tadbirlar öquvçilarning aqliy, ijodiy va sportga oid layoqatlarini rivojlantirişga qaratilgan. Namangan viloyatida ötadigan "Barkamol avlod” sport öyinlari, bolalar ijodiyoti respublika festivallari, "Ona yurt navolari” xalq çolğu asboblari xalqaro tanlovi, "Eng yoş ixtiroçi” tanlovi va boşqa tadbirlar şular jumlasidandir.

Davlat dasturida 60,1 mingta öquv öringa möljallangan 380 umumtaʼlim maktablarini rekonstruktsiya qiliş va taʼmirlaş, ularni kompyuter texnikasi, öquv-laboratoriya jihozlari va boşqa uskunalar bilan taʼminlaş belgilangan. Bundan taşqari, 161 kasb-hunar kolleji va akademik litsey, 48 bolalar musiqa va sanʼat maktabi, 110 bolalar sport obʼektlarini quriş, rekonstruktsiya qiliş va tubdan taʼmirlaş rejalaştirilgan.

Mamlakatimizda bolalarning çet tillarni örganişiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Şu maqsadda maktablardagi çet tillari xonalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya va texnika vositalari bilan jihozlaş közda tutilgan.

Boşlanğiç sinf öquvçilarini qöllab-quvvatlaş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiriş davom ettiriladi. Jumladan, 586,9 ming nafar birinçi sinf öquvçilariga öquv jihozlari töplamlari va 6,5 million nusxadagi darsliklar, umumtaʼlim maktablarining 500 mingdan ortiq 2-sinf öquvçilariga çet tillar böyiça multimediali ilovali darsliklar bepul beriladi.

Yozgi taʼtil davrida bolalarning hordiq çiqarişi va böş vaqtlarini mazmunli ötkazişini taʼminlaş maqsadida soğlomlaştiriş oromgohlariga 280 ming nafar öğil-qiz imtiyozli, 35,7 ming nafari bepul yöllanmalar bilan taʼminlanadi.

Toşkent va Termizdagi hayvonot boğlarining, Toşkentdagi botanika boğining rekonstruktsiya qilinişi, Samarqand va Farğonada Toşkent hayvonot boği filiallarining oçilişi, Zarafşon şahrida akvapark qurilişi, şuningdek, Respublika qöğirçoq teatri va «Tomoşa» bolalar musiqali teatr studiyasining kapital taʼmirdan çiqarilişi möljallangan.

Xalqimizga xos bağrikenglik, muhtojlarga kömak beriş kabi fazilatlarni aks ettiruvçi köplab tadbirlarni ötkaziş rejalaştirilgan. Davlat byudjeti mablağlari hisobidan kam taʼminlangan oilalar farzandlariga 516,9 ming töplamdagi qişki kiyim va 3,1 million nusxada darslik, öquv qurollari bepul beriladi. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvçilari va kam taʼminlangan oilalar farzandlarini xalqimizning boy tarixiy va madaniy merosi bilan taniştiriş maqsadida Samarqand, Buxoro, Xiva va Toşkent şaharlariga bepul sayohatlar, şuningdek, muzeylar, hayvonot va botanika boğlariga ekskursiyalar taşkil etiladi.

2014-yil noyabr oyida Toşkentda «Bola uçun ijtimoiy şeriklik: milliy va xorijiy ilğor tajriba» mavzusida xalqaro forum ötkaziladi.

Mamlakatimiz uçun dolzarb uşbu vazifalarni oilalar, maktablar, soğliqni saqlaş tizimi, davlat va jamoat taşkilotlari, nodavlat notijorat taşkilotlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarining özaro hamkorligida amalga oşiriş mumkin.

Davlat dasturida soğlom bolani tarbiyalaşda, oilalarga, birinçi navbatda, yoş oilalarga öz vaqtida va manzilli moddiy hamda maʼnaviy kömak berişda mahalla institutining huquq va imkoniyatlarini kengaytirişga, rolini oşirişga alohida eʼtibor qaratilgan.

"Soğlom bola yili” Davlat dasturida belgilangan ezgu işlarning röyxatini yana uzoq davom ettiriş mumkin.

Prezidentimiz Islom Karimov taʼkidlaganidek, biz tayançimiz va suyançimiz, ğururimiz va iftixorimiz bölmiş bolalarimizga, farzandlarimizga işonç bilan, hurmat-eʼtibor bilan qaraşni kelajagimizga bölgan işonç, millatimizga, xalqimizga bölgan hurmat-ehtirom ifodasi, deb bilamiz.

"Soğlom bola yili” Davlat dasturi buning yana bir yorqin tasdiğidir. Davlat dasturi doirasida amalga oşiriladigan tadbirlarga 4 509,2 milliard söm va 302,9 million dollar miqdorida mablağ yönaltiriladi. Mazkur dasturning bajarilişi mamlakatimiz uçun asosiy maqsadi inson huquq va manfaatlarini taʼminlaşga qaratilgan keng kölamli islohotlar yölida navbatdagi muhim qadam böladi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026