QAYNOQ MEHNAT VA ĞALABA SUPUPI
Ayni kunlarda tumanimizning bepoyon paxta dalalarida paxta hosilini nest-nobud qilmay yiğiştirib oliş maqsadida fermer va dehqonlar fidoyilik bilan mehnat qilmoqdalar. Oppoq çamanday oçilgan paxtazorlar nafaqat paxtakor fermer va dehqonlar, balki oliyhimmat xalqimiz uçun ham çinakam mehnat maydoniga aylangan. Ularning hamjihatlikdagi mehnatlari tufayli tumanimizda yuksak hosil xirmoni bunyod etildi. Mehnat zafariga hissa qöşgan ana şunday fidoyilardan bir guruhini suhbatga çorladik.
Jumaboy ASQAPOV, “Toş yop” MMTP raisi:
– Bizning “Toş yop” muqobil maşina traktor parkimiz Toş yop ovulidagi 8 ta fermer xöjaliklariga xizmat körsatadi. Jami paxta maydonlari 276 gektarni taşkil etadi. Uşbu maydonlarda köklamda yerga uruğ öz muddatlarida va sifatli ekilişi taʼminlandi va tekis nihol olişga erişildi. Pudratçi va mexanizatorlarimizning yoz böyi qilgan fidoyi mehnatlari natijasida möl hosil yetiştirildi.
Kuzgi yiğim-terim uyuşqoqlik bilan taşkil etilgani, terimçilarning unumli işlaşlari uçun munosib şaroitlar yaratilgani özining samaralarini berdi: tumanda birinçilardan bölib, yillik reja ado etildi.
Şu kungaça ovuldagi fermer xöjaliklari paxta dalalaridan 603 tonna örniga 660 tonnadan ziyod hosil yiğiştirib olinib, yillik şartnomaviy reja 110 foizdan oşirib bajarildi.
Biz tumanimiz paxtakorlari erişgan bugungi yuksak mehnat zafariga özimizning hissamizni qöşganimizdan quvonamiz.
***
Pahim DAVLETOV, terim otryadi rahbari:
– Men Örta qalʼa ovulidagi “Ermanov Örozboy” fermer xöjaligida terim otryadi rahbariman. Fermer xöjaligimizda 65 nafar pudratçi faoliyat yuritadi. Paxta yiğim-terimi jarayonida terimçilarga yetarli şaroitlar yaratib berilayotganligi, ularga topşirgan paxtasi uçun terim pullarining öz vaqtida berib borilişi natijasida uyuşmagan aholidan 70 nafar köngilli terimçilar yordamga kelişdi. Ularning hamjihatlikdagi mehnatlari natijasida rejadagi 242 tonna örniga 270 tonnadan ortiq paxta topşirişga erişildi.
Fermer xöjaligimizning bu yuksak xirmoniga pudratçi Maqsud Dösçanov oilasi 4 tonna, uyuşmagan aholi hisobidan kelgan terimçilardan Zaynab Ollamova 3,5 tonna va Muyassar Pahimova 3 tonna paxta terib topşirib, munosib hissasini qöşdilar.
Biz dalalardagi barça paxta hosilini nest-nobud qilmasdan yiğib-terib olib, davlat xirmoniga topşirişga harakat qilayotirmiz.
***
Pölat SAIDOV, Navoiy nomli MFY kotibi:
– Yiğim-terim mavsumi boşidanoq mahallamiz uyuşmagan aholisi taşabbus bilan çiqdilar: “Har bir oila – paxtakorlarga madadkor!” şiori ostida 11-sentyabr kuni 120 nafardan ziyod aholi vakillarini birlaştirgan köngilli haşarçilar guruhi tuzilib, “Yusufxöja”, “Erlapas” fermer xöjaliklari dalalarida paxta terimini boşlab yuborişdi. Amir Temur nomli ovul hududidagi fermer xöjaliklarida öz ijara yerlari mavjud bölgan 50-60 nafar kişi esa özlari mehnat qilayotgan fermer xöjaliklarida paxta yiğim-terimida faol qatnaşmoqda.
Mahallamizning köngilli haşarçilar guruhi aʼzolari kuniga 11,5-12 tonna paxta terişmoqda. Birinçi terimda qölda terilgan har bir kg. paxta uçun 800 sömdan, ikkinçi terimda 1000 sömdan iş haqi berildi. Ilğor terimçilarimiz kuniga 120-130 kg., hatto undan ham köproq paxta terişga erişişayapti.
Terimçilar uçun “Yusufxöja” va “Yerlapas” fermer xöjaliklari rahbariyati tomonidan yaxşi dam oliş, qulay mehnat şaroiti yaratilgan. Dala boşida har kuni issiq ovqat bilan taʼminlangan terimçilar iş unumini yanada oşirmoqda.
***
Ötkir MATYoQUBOV, “Agrobank” Amudaryo filiali boşqaruvçisi:
– Tumanimiz paxtakorlarining erişgan yuksak mehnat ğalabasida bizning “Agrobank” Amudaryo filialimiz xodimlarining ham hissalari bor. Filialimiz tomonidan qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş uçun fermer xöjaliklarining moddiy texnika bazasini mustahkamlaş maqsadida 2019-yil boşidan bugungi kunga qadar texnika vositalarini sotib oliş uçun jami 3 mlrd. 961 mln. 257 ming söm kredit ajratildi.
Şu bilan birga paxta hosildorligini oşiriş va suv resurslaridan tejamli foydalaniş maqsadida paxtaçilik fermer xöjaliklari maydonlarida tomçilatib suğoriş texnologiyasini joriy qiliş uçun 2 mlrd. 200 mln. söm kredit ajratildi.
Filialimiz tomonidan tumanimizdagi 366 ta fermer xöjaliklariga xizmat körsatib kelinmoqda. Paxta hosilini yetiştiriş uçun fermer xöjaliklariga jami 72 mlrd. 850 mln. söm imtiyozli kredit ajratildi. Paxta hosilini yiğib-terib oliş mavsumida terimçilarga terim pullari öz vaqtida yetkazib berilmoqda.
***
K.BOBOJONOV, “Qoraqalpoqagrokimyohimoya” AJ tuman filiali boşliği:
– “Qoraqalpoqagrokimyohimoya” AJ tuman filiali jamoasi bu yil ham tumanimiz paxta dalalarida möl hosil töplanişiga özlarining munosib hissalarini qöşib, paxtakorlar xizmatiga hamişa şay bölib turdilar.
Tumanimizda bu yilgi ğöza parvarişi davrida har bir gektar yerga örtaça 174 kg.dan jami 2653,5 tonna fosforli, har bir gektar yerga 49 kg.dan jami 747,25 tonna kaliyli, har bir gektar yerga örtaça 611 kg.dan jami 9321,75 tonna azotli öğitlar sarflandi.
Şuningdek, bu yilgi mavsumda qişloq xöjaligi ekinlarini, jumladan, paxta ösimligini qişloq xöjaligi zararkunandalaridan himoya qiliş maqsadida ham bir qança işlar amalga oşirildi, tumandagi mavjud 16 ta biolaboratoriyalar faoliyatidan ham samarali foydalanildi.
***
Kengesboy DavLetyarov, Nazarxon OFY raisi:
– Paxta yiğim-terim mavsumi boşidanoq köngilli ravişda paxta terimiga çiqişni xohlovçilar safi kun sayin oşib, ikki-uç kun içida 500 nafarga yetdi. Bugungi kunga kelib har kuni 613-620 nafar kişi ovul hududidagi barça fermer xöjaliklari dalalarida guruhlarga bölingan holda, kuniga 40-42 tonnadan ziyod hosilni yiğib-terib olişda dehqon va fermerlarga kömakdoş bölişmoqda.
Terimçilar uçun dalalar boşida qaynagan suv, tuşlik taşkil etilib, iş haqlari öz vaqtida hisob-kitob qilib borilayotgani kunlik surʼatning oşişini taʼminlamoqda. Haşarga çiqayotgan aholi hamjihatlikda mehnat qilib, tumanimizning 2019-yilgi yuksak hosil xirmoniga 22-sentyabrdan 8-oktyabrga qadar salkam 700 tonnaga yaqin paxta terib berişdi.
***
Ilhom POlvonov, “Bekman Allaberganov” fermer xöjaligi raisi:
– Bizning fermer xöjaligimiz joriy yilda 19 gektar maydonga ekilgan kuzgi buğdoyni yaxşi parvariş qilib, hosildorlikni 75 tsentnerga yetkazişga, şu bilan birga 66 gektar maydonga paxta ekib, uning parvarişini yuksak agrotexnika qoidalari asosida taşkil etişga va har bir tup ğözada möl hosil töplaşga muvaffaq böldi.
Biz paxta yiğim-terimi boşlangan paytdanoq terimçilar uçun barça şaroitlarni yaratib berişga harakat qildik. Terimçilarga yaxşi şaroitlar yaratilayotgani, terim pullarining öz vaqtida berilayotgani sababli har kuni ovulimizdagi uyuşmagan aholidan 100 nafari paxta terimida iştirok qildilar. Natijada qisqa fursat içidayoq şartnomaviy rejani oşirib bajarişga, yaʼni davlatga 145 tonna örniga 200 tonna paxta topşirişga muvaffaq böldik.
Bizning bu yutuqlarimizga pudratçi terimçilardan Gulora Ötaboyeva 8 tonna, Şerali Asqarov 5 tonna, Saida Xöjamurodova 4 tonna paxta terişib, munosib hissa qöşdilar. Şuningdek, uyuşmagan aholi hisobidan kelgan çevar terimçilardan Şirin Duşamova 4 tonna, Pohatoy Qurbonboyeva 4 tonna, Umida Xudoyberganova 3,5 tonna va Muslima Qöçqorova 3 tonna paxta terib berdilar. Biz bugungi quvonçli kunda bu ilğor terimçilarga öz minnatdorçiligimizni bildiramiz.
Paxta dalalarimizda hali hosil möl. Paxta terimini qizğin davom ettirib, tumanimiz xirmonining yanada yuksalişiga öz hissamizni qöşamiz.
***
Erkinboy TÖPAYeV, “Amat Törayev” fermer xöjaligi raisi:
– Joriy yilda bizning fermer xöjaligimizda 62 gektar paxta maydonidagi ğöza nihollari parvarişida barça agrotexnik tadbirlarni öz muddatlarida olib borganimiz tufayli ğöza nihollarimiz hosildor bölib yetildi. Kuzning ilk kunlarida hosil yiğim-terimiga kirişgan bölsak, sentyabr oyi oxirida yillik şartnomaviy rejamizni oşirib bajarişga erişdik. Mavsumda dalalarimizda 50-60 nafar terimçilar ğayrat-şijoat bilan işladilar. Ayniqsa, Gulnoz Boltaboyeva, Şohida Sobirova, Salomat Saymonova, Nasiba Yerboyeva kabi pudratçilarimiz mavsum davomida kuniga 150-140 kg.dan paxta terib, barçaga namuna böldilar.
Şu kungaça fermer xöjaligimizda yillik rejaning 110 foizidan ziyod hosil yiğiştirib oldik. Bu bizning tumanimizning yuksak paxta xirmoniga qöşgan hissamizdir.
***
Azamat Qurbonboyev, “Fidoyi yoşlar otryadi” aʼzosi:
– Joriy yildagi yiğim-terim mavsumida ham Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi tomonidan “Fidoyi yoşlar otryadi” taşkil etildi. Otryadga 810 nafar vaqtinça iş bilan band bölmagan yoşlar jalb qilindi.
Men ham 150 nafar otryad aʼzolari qatorida Namuna mahallasi hududidagi fermer xöjaliklarida paxta terimida iştirok etmoqdaman. Bu yerda biz terimçilar uçun yetarli şaroit yaratilgan.
Dastlabki ön kunlikda 1,5 tonna paxta terib, paxta xirmonimizning yanada yuksalişiga öz hissamni qöşdim. Qisqa vaqt içida 1 mln. 200 ming söm miqdorida pul olib, daromadga ega böldim. Ittifoqning tuman Kengaşi va homiylar bizni qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlaşdi.
Tumanimizning “oq oltin” xirmoniga hissa qöşganimdan baxtiyorman.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶