PAXTA TEPIMIDA YaPATILGAN QULAY ŞAPOIT IŞ UNUMINING OŞIŞIDA MUHIM OMIL BÖLDI
Bu yil tumanimizda böy tiklagan 33 ming tonnalik “Oq oltin” xirmoniga Qizilçoli mahallasida faoliyat körsatayotgan fermer xöjaliklari ham özlarining munosib hissalarini qöşdilar.
Mahalla hududida faoliyat körsatayotgan “Xidirboyev Bunyodbek” fermer xöjaligi 47 gektar paxta maydonidan jami 115 tonna paxta yiğiştirib olib, şartnomaviy rejasini muvaffaqiyatli ado etişga erişdi. Paxta terimida fermer xöjaligining 35 nafar pudratçisi va uyuşmagan aholi hisobidan kelgan 50 nafar yordamçi terimçilar zör ğayrat namunalarini körsatdilar.
Pudratçilardan Gulxonim Eşçonova, Malika Sobirova va Maryam Yoqubovalar 4-4,5 tonnadan paxta terişga erişgan bölişsa, yordamçi terimçilardan Zulfiya Abdalova, Nilufar Örozboyeva va Sanobar Jumaniyozovalarning har birisi 2,5-3 tonnadan paxta terişga muvaffaq böldilar.
– Biz paxta terimi paytida barça terimçilar uçun zarur şart-şaroitlarni yaratib berişga harakat qildik. Şu boisdan ham işimizda yuksak unum böldi, – deydi fermer xöjaligi raisi Davronbek Davlatboyev.
Ayni kunda uşbu fermer xöjaligida 14 gektar maydondagi kuzgi buğdoy parvarişiga ham alohida eʼtibor berilayapti.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶