NUKUSLIK SANʼATKOR ÖQUVÇI-YoŞLAR AMUDARYoLIK TENGDOŞLARIGA ÖZ KONTsERT DASTURINI NAMOYIŞ ETIŞDI
30-oktyabr kuni 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabining tantanalar saroyida Nukus şahridagi 22-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabining “Jaslar” xalq çolğulari kamer orkestri öz kontsert dasturini namoyiş etdi.
Kontsert dasturi “Jaslar” xalq çolğulari kamer orkestri ijrosidagi F.Nazarovning “Gulnora” kuyi bilan boşlandi. Nesipboy Alekeyev dirijyorligida maromiga yetkazib ijro etilgan kuy tomoşabinlar tomonidan olqişlar bilan kutib olindi.
Kontsert dasturi davomida bayan va akkordeonda Isa Abdullayev va Şamşod Jumaboyev ijrosidagi “Liber tango” kuyi, Şaxnur Jiyenbayev ijrosidagi “Tulpor” aşulasi, kamer orkestri jörligida yangragan “Palladio”, “El bimbo”, “Qiliçbozlar öyini”, kabi jahon musiqa sanʼati namoyandalarining asarlari, “Jaslar” xalq çolğulari kamer orkestri aʼzolari Nasiba Xolboyeva, A.Xaçaturyanning maşhur “Lezginka” kuyini nayda ijro etgan Daston Davletboyev, Uldanoy Ilyasova, Şaxnur Jiyenboyev, Maxambet Igamberdiyev, Ahmad Xudoyberganov, Qadam Şaripov, Xursandbek Atamuratov, Islom Karimov, Sardor Bozorboyevlar tomonidan ijro etilgan kuy va qöşiqlar barçaga xuş kayfiyat bağişladi.
- Bu kabi ijodiy uçraşuv tariqasidagi kontsert dasturlari maktabimiz öquvçilari uçun öziga xos tajriba almaşuv maydoni vazifasini ötaydi, - deydi 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori Yöldoşboy Abdalov. – Biz mazkur kontsert dasturini taşkil etgan Nukus şahridagi 22-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori A.Tajimuratovga, öquv işlari böyiça direktor örinbosari B.Seytanovga “Jaslar” xalq çolğulari kamer ortkestri dirijyori Nesipbay Alekeyevga minnatdorçilik bildiramiz.
Kontsert dasturi yakunida 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori Y.Abdalov “Jaslar” xalq çolğulari kamer ortkestri aʼzolariga ijodiy muvaffaqiyatlar tiladi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶