Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Pajapbayeviç Yöldaşevning tuman tadbirkorlariga murojaati
Hurmatli tadbirkorlar!
Hammangizga maʼlumki, sönggi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş böyiça qator amaliy işlar qilindi. Kiçik va örta biznes rivoji yölidagi byurokratik tösiqlarni bartaraf qiliş, tadbirkorlarga qulaylik va şaroitlar yaratiş maqsadida yangi Qonunlar, Farmon va qarorlar qabul qilindi.
Yaqindagina, 7-noyabr kuni ötkazilgan videoselektor yiğilişida muhtaram Prezidentimiz “Har bir tadbirkorga – kömakdoş, yelkadoş va madadkormiz!” ğoyasini ilgari surdi.
Prezidentimiz alohida taʼkidlaganlaridek, “Bundan buyon taraqqiyot va farovonlikka faqatgina tadbirkorlikni rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş orqali erişiş mumkin”.
Amudaryo tumanida ham tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş, ularning samrali faoliyat yuritişlari uçun şaroitlar yaratiş borasida tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Birgina Prezidentimizning ötgan yili Qoraqalpoğiston Pespublikasiga qilgan taşrifi davomida bergan topşiriqlari böyiça olib borilayotgan işlar natijasinida tumanimizda 136 mlrd. sömdan ortiq, jumladan salkam 10 mln. dollarlik xorijiy investitsiya mablağlari hisobidan 65 ta loyihalar amalga oşirilişi rejalaştirilgan. 1-noyabr holatiga ularning 52 tasi işga tuşirildi, qolgan loyihalar böyiça ham işlar davom ettirilmoqda.
Bundan taşqari, 2020-2021-yillarda amalga oşirilişi rejalaştirilgan investitsiya loyihalari doirasida qiymati salkam 200 mlrd. söm, şu jumladan 3,5 mln. dollarlik xorijiy kredit liniyalari hisobidan 78 ta loyihalar amalga oşirilişi va 765 ta yangi iş örinlari yaratilişi möljallangan.
Biz nima uçun tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaşimiz kerak?
Sababi, tumanimizda iş bilan band aholining 54 foizi, işlab çiqarilayotgan mahsulotlarning 100 foizi, körsatilayotgan xizmatlarning 100 foizi tadbirkorlar hissasiga töğri keladi. Bugungi kunda tuman böyiça 1078 ta tadbirkorlik subʼektlari faoliyat körsatmoqda.
Birgina 2019-yilning ötgan 10 oyi davomida tuman böyiça jami 1326 ta yangi iş örinlari yaratilgan bölsa, ularning 1273 tasi, yoki 96 foizi tadbirkorlar hissasiga töğri keladi.
Yana bir marta taʼkidlamoqçimanki, tadbirkorlik bilan şuğullanayotgan, yoki öz faoliyatini boşlaş niyatida bölgan taşabbuskorlar uçun barça masalalar böyiça kömakdoş bölamiz va yuzaga keladigan har qanday muammoni hal qilişda amaliy yordam körsatişga tayyormiz.
Çunki biz masʼullar uçun kun tartibidagi ustuvor masala – tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qiliş, ularning dardini eşitiş va muammolarini hal qilişdir.
Aziz tadbirkorlar!
Siz uçun eşiklarimiz hamişa oçiq.
Sizning har bir loyihangiz şaxsiy nazoratimiz ostida böladi. Loyihani işlab çiqişdan, to uni amalga oşirişgaça bölgan barça jarayonda bevosita kömak beriş birinçi galdagi vazifamiz böladi.
Sizning loyihangiz – tumanimizning ertangi kelajagi va aholimiz farovonligining kafolatidir. Siz tufayli tumanda işsizlik qisqaradi, daromadlar oşadi, oilalarimiz, ayollarimiz va farzandlarimiz turmuşidan minnatdor bölib, öz yurtida halovat topadi. Şunday ekan, bor kuç va ğayratingizni öz faoliyatingizni yanada kengaytirib, biznesingizni rivojlantirişga qarating. Bu yölda biz Sizga eng yaqin yordamçi, eng işonçli kafil bölamiz!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶