Buğdoy dalalarida kuzgi parvariş işlari sifatli amalga oşirilmoqda
“Yöldoşboy Nasimbek” fermer xöjaligi Böz yop ovulidagi eng peşqadam fermer xöjaliklardan biri hisoblanadi. Xöjalikning ilğor dehqonlari paxta va ğalla böyiça belgilangan şartnomaviy rejalarni doim tumanda birinçilardan bölib, ortiği bilan uddalaşadi.
Töliboy Xöşmonov rahbarlik qilib kelayotgan mazkur fermer xöjaligida 22 nafar pudratçi mehnat qiladi. Şuningdek, xöjalikning öz texnikalari ham mavjud. Köp yillardan beri işlab kelayotgan tajribali mexanizatorlar TTZ-80-11 çopiq va VT-150 surim traktorlari, dominator kombaynlar yordamida iş unumini oşirib kelişmoqda.
Joriy yilda mirişkor dehqonlar 47 gektar yerga çigit qadaşdi. Pudratçi va işçilar tekis unib çiqqan nihollarni astoydil parvariş qilişdi. Ğözalar öz vaqtida oziqlantirilib, yetarli miqdorda suğorildi. Natijada paxtadan möl hosil yetiştirildi va xöjalikning paxta böyiça şartnomaviy rejasi muddatidan oldin bajarildi. Davlatga rejadagidan ortiq “oq oltin” topşirişga erişgan pudratçilar mehnatlariga yaraşa daromadga ham ega bölişdi.
“Yöldoşboy Nasimbek” fermer xöjaligida 8 gektar yerga “Asr” navli buğdoy ekildi. Ayni paytda işçilar xöjalik rahbari Töliboy Xöşmonov boş-qoşligida dondan ham möl va sifatli hosil olişga erişiş maqsadida nihollar parvarişi bilan band. Ğalla yetiştirilayotgan dalalarda barça agrotexnik tadbirlar belgilangan muddatda bajarib borildi. Öz vaqtida suvdan unumli foydalanilib, sifatli suğorildi. Şu bois buğdoy maysalari tekis unib çiqib, baravaj ösdi. Kuzgi parvarişga alohida eʼtibor qaratilgani natijasida nihollar töliq tupladi.
Ekin maydonlarida barça agrotexnik tadbirlarning sifatli amalga oşirilişi boşoqli don ekinlaridan yuqori hamda sifatli hosil olişga puxta zamin yaratadi. Fermer va xöjalik işçilari ğalladan ham möl hosil olişga erişib, sarbaland xirmon bunyod etiş uçun astoydil mehnat qilişmoqda.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶