PESUPSLAPDAN TEJAMLI FOYDALANISh – MAHSULOT TANNAPXI APZONLAShIShIGA ZAMIN YaPATADI
Mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim oʻrin tutadigan qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirishga alohida eʼtibor berilayotganligi bejiz emas. Boisi aynan shu soha mamlakatimizda oziq - ovqat xavfsizligini taʼminlashda, aholining moddiy farovonligini oshirishda mustahkam zamin hisoblanadi. Tumanimizda ham qishloq xoʻjalik ekinlari hosildorligini oshirish, dehqonchilikda texnika, mineral oʻgʻit, suv kabi resurslardan tejamli foydalanish evaziga mahsulot tannarxini arzonlashtirishga, sifati yaxshilanishiga harakatlar olib borilayapti. Buning yaqqol dalili sifatida oʻtgan 2019-yilda tumanimiz ekin maydonlarining 100 gektarida tejamkor usul – tomchilatib sugʻorish texnologiyasining joriy etilganligini aytish mumkin. Yil sarhisobiga koʻra,jami xarajatlar oddiy usulda 699 mln.300 ming soʻmni tashkil qilgan boʻlsa, tomchilatib sugʻorilganda 386 mln. 700ming soʻmni tashkil etgan. Yaʼni 312 mln. soʻmdan ziyod mablagʻ tejalgan.
Shu boisdan ham kelgusida paxtachilik va boshqada dehqonchilikda ekinlarni tomchilatib sugʻorish texnologiyasini keng joriy qilish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari tumanda suv xoʻjaligi obʼektlarining texnik holatini yaxshilashga va suv isrof boʻlishining oldini olishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Tumanimizda jami 39600 gektar sugʻoriladigan maydonlar mavjud. 296 ming 65km. xoʻjaliklararo kanallarga 406 dona gidroinshoot, 1342 km. ichki xoʻjalik kanallariga esa 1191 dona gidrotexnik inshoot oʻrnatilgan. Shuning 436 donasi suv oluvchi, 81 donasi suv toʻsuvchi, 5 donasi koʻprik, 25 donasi dyuker, 134 donasi quvurli oʻtish joyi , 510 donasi esa gidropostdir .Mazkur obʼektlarning texnik holatini yaxshilash, xoʻjaliklararo va ichki xoʻjalik kanallarini tozalash borasida muntazam ish olib borilayapti.
Tumanimiz boʻyicha 2019-yilga belgilangan xoʻjaliklararo kanallarni tozalash rejasi 125 foizga, gidrotexnik inshootlarni taʼmirlash rejasi 150 foizga, suv oʻlchash postlarini taʼmirlash rejasi 115 foizga, ichki xoʻjalik sugʻorish tarmoqlarini tozalash rejasi 145 foizga bajarildi.
2019-yilda ichki xoʻjalik sugʻorish tarmoqlarida rejadagi 40 dona oʻrniga 52 ta gidrotexnik inshoot taʼmirlandi. Shuningdek, 108 dona suv oʻlchash postlari taʼmirlandi va suv sathini koʻrsatuvchi reykalar oʻrnatildi. Amalga oshirilgan buningdek chora - tadbirlarning barchasi tumanimizda suvdan unumli va tejamli foydalanishga, mahsulot yetishtirishni koʻpaytirib, tannarxini arzonlashtirishga asos boʻladi.
Ilhom Polvonov, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va
tomorqa yer egalari Kengashi raisi,
xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶