Amudaryolik polvon "Hosil bayrami"da Cobalt yutib oldi
Qoraqalpogʻistonda qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni va “Hosil bayrami” keng miqyosda oʻtkazildi. Soha fidoyilari, bobodehqonlar va mehnatkash xalq ushbu shodiyonani katta xursandchilik bilan nishonladi.
8-dekabr kuni Nukus shahridagi “Otchopar maydoni”da xalq sayli sifatida tashkil etilgan hosil bayramida dehqon va fermerlar, chorvadorlar, bogʻbonlar, qishloq xoʻjaligi korxonalari vakillari va respublika aholisi ishtirok etdi. Maydonda qoraqalpoq xalqining oʻziga xos milliy qadriyatlari hisoblangan “Qora uy”lar tikilib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan koʻrgazma namoyish qilindi. Sayil milliy xalq oʻyinlaridan – arqon tortishish, qoʻchqor urishtirish, koʻpkari-uloq, ot chopish musobaqalari, folklor jamoalarining chiqishlari bilan davom ettirildi.
Bayram tomoshalari qatorida polvonlar bellashuvi ham tashkil qilindi. Bellashuvda bosh sovrin uchun Prezident sovgʻasi sifatida – “Cobalt” avtomobili qoʻyildi.
Qizgʻin kechgan musobaqalar davomida barcha raqiblarini yengib chiqqan amudaryolik polvon Elyor Masharipov va shumanaylik polvon Miyirbek Abduxaliqovlar ushbu sovrin uchun oʻzaro kuch sinashdilar. Mahoratli polvon Elyor Masharipov bellashuvda oʻziga munosib boʻlgan raqibini yengishga muvaffaq boʻldi hamda bosh sovrin “Cobalt” avtomobilini qoʻlga kiritdi.
Prezident sovgʻasini qoʻlga kiritgan amudaryolik Elyor polvon Masharipov olqishlarga sazovor boʻldi.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶