OZIQ-OVQAT VA ISTEʼMOL MAHSULOTLARI YaNGI YIL YaRMARKASI IŞ BOŞLADI
Yangi yil bayram şukuhi kezayotgan ayni kunlarda xalqimizga körsatilayotgan xizmat sifatini yanada yuksaltiriş, qişloq xöjalik mahsulotlarini aholiga nisbatan arzon narxlarda yetkazib beriş maqsadida butun mamlakatimiz böylab anʼnaviy qişloq xöjalik mahsulotlari yaramarkalari ötkazilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-dekabrdagi “Yangi yil bayrami arafasida va bayram kunlari içki isteʼmol bozorini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli töldiriş va narx-navolarni barqaror saqlanişini taʼminlaş maqsadida hududlarda yangi yil yarmarka savdolarini taşkil etişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlaş hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining tegişli bayonnomasi asosida tumanimizda ham Manğit dehqon bozori hududida Yangi yil yarmarkasi faoliyatini yölga qöyişga bağişlangan yiğiliş ötkazildi.
Yiğilişda 2019-yil 10-dekabrdan 2020-yil 1-yanvargaça ijtimoiy muhim turdagi isteʼmol tovarlari bilan savdo qiluvçi “Oziq-ovqat yarmarkalari” faoliyatini taşkillaştiruvçi işçi guruhi tuzilib, mazkur işçi guruh aʼzolariga zarur topşiriqlar berildi. Unga köra, 50 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, fermer xöjaliklari tomonidan yetkazib beriliş, rejalaştirilgan qoramol, qöy, tovuq göştlari, tuxum va sut mahsulotlari, meva-çeva, poliz va sabzavot, şuningdek, qandolatçilik, korxonalarning boşqa turdagi mahsulotlarini istisno tariqasida, işlab çiqariş baholarida sotişni taşkilaştiriş, bayram kunlarida Manğit Dehqon bozori hududida turli köngiloçar bayram tomoşalarini ötkaziş belgilandi.
Yiğilişda “Oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari” hududida aholi va mahsulotlar xavfsizligini hamda sifatini taʼminlaş, yarmarkada faoliyat olib boruvçi savdo şoxobçalarining savdo terminallari bilan töliq taʼminlanişini taşkil etiş yuzasidan masʼullarga topşiriqlar berildi.
Manğit Dehqon bozori hududida taşkil etilgan “Oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi” 14-dekabrdan öz faoliyatini boşladi. Ayni kunlarda bozor rastalari va dökonlar peştaxtalari sarxil neʼmatlar bilan töldirilganidan tumanimiz aholisi mamnun. Fermer va tomorqa yer egalari tomonidan turli xil qişloq xöjalik mahsulotlariga töla. Yarmarkada xaridorlar uçun zarur şaroitlar yaratilgan.
Tadbirkorlarning fidoyi mehnatlari samarasi bölgan qandolançilik mahsulotlari, yangi yil dasturxonlari uçun maxsus tayyorlangan turli xil tortlar, yangi yil arçasi bezak-öyinçoqlari narxining hamyonbopligi xaridorlarga manzur bölmoqda. Savdo-sotiqning bank plastik kartalarida, savdo terminallari orqali amalga oşirilayotgani aholi uçun qulaylik yaratmoqda.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶