AMUDARYo TUMAN HOKIMINING QARORI SVETOFOR OʻRNATISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining «Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida»gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami 2013-yil, 15-son, 197-modda; 2015 y., 52-son, 645-modda) 5-, 7-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi «Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 370-sonli Qaroriga (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2019 y., 09/19/646/3508-son) muvofiq tuman hududida harakatlanish xavfsizligini taʼminlash, yoʻl transport hodisalarining oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning osoyishtaligini taʼminlash, sodir boʻlayotgan yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida hamda tuman Ichki ishlar boʻlimining murojatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy Davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018 y., 03/18/486/1559-son) 6-, 25-moddalariga asosan QAROR QILAMAN:
1. Tuman Ichki ishlar boʻlimining 2019-yil 25-noyabrdagi 12/3559-sonli murojaati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Amudaryo tumani hududidan oʻtuvchi 4r-160 “Urganch sh. – Mangʻit sh. – Turkmaniston Respublikasi chegarasi” avtomobil yoʻlining 76 km., 4k6 “Mangʻit shahri katta aylanma yoʻli” kesishmasida yangidan svetofor oʻrnatishga ruxsat etilsin.
3. Tuman yoʻllardan foydalanish Unitar korxonasiga (U.Polvanov), tuman Ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi (D.Aminov) bilan birgalikda Amudaryo tumani hududidan oʻtuvchi 4r-160 “Urganch sh. – Mangʻit sh. – Turkmaniston Respublikasi chegarasi” avtomobil yoʻlining 76 km., 4k6 “Mangʻit shahri katta aylanma yoʻli” kesishmasida yangidan svetofor oʻrnatib berish vazifasi topshirilsin.
4. Amudaryo telekanali, “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi bosh muharriri (Gʻ.Yeshniyazov) ushbu qaror “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasida eʼlon qilinishini, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari (Ch.Arslonova) rasmiy eʼlon qilinishi va hokimlik veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
5. Qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosari J.Narimov zimmasiga yuklatilsin.
Amudaryo tumani hokimi S.Yoʻldashev.
№496. 26-dekabr, 2019-yil.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶