AMUDARYoDA YoŞLAR IŞTIROKIDA MARAFON-YuGURIŞ MUSOBAQASI ÖTKAZILDI
Keyingi yillarda mamlakatimizda sportni, xususan, bolalar sportini rivojlantiriş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. 2019-2023-yillarda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantiriş kontseptsiyasi tasdiqlanib, mazkur hujjat asosida qator sport musobaqalari, bellaşuvlar va tadbirlar taşkil qilinmoqda.
Qolversa, Prezidentimizning beşta muhim taşabbusi hamda “Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida olis hududlarda ham sport obʼektlari işga tuşirilib, yoşlar sportga faol jalb etilmoqda. Mana şu kabi işlar natijasida sport bilan şuğullanayotgan yoşlar safi kun sayin ortib bormoqda.
Amudaryo tumanida yoşlarni sportga jalb qiliş böyiça amalga oşirilayotgan işlar bilan yaqindan tanişiş maqsadida Respublika işçi guruhi aʼzolari 16-yanvar kuni tuman Bolalar va ösmirlar sport maktabiga taşrif buyurdi.
Taʼkidlaş kerakki, tumanda jismoniy tarbiya va omaviy sportni rivojlantiriş sohasida olib borilgan işlar natijasida bugungi kunda tumanning barça hududlarida jami 15 ta sunʼiy qoplamali futbol maydonçalari mavjud.
Bolalar-ösmirlar sport maktabida 133 ta guruhda jami 1 ming 794 nafar yoşlar sport sirlarini örganmoqda. Ularning 314 nafari qizlardir. Sport maktabida 21 ta sport turi böyiça tögaraklar taşkil qilingan bölib, şundan 15 tasi olimpiya, 2 tasi milliy, 4 tasi boşqa sport turlari böyiça olib boriladi. Yoşlarga 57 nafar murabbiylar sport sirlarini örgatişmoqda.
2019-yil amudaryolik sportçilar hayotida çuqur iz qoldirdi. Birgina tuman Bolalar-ösmirlar sport maktabi sportçilari 62 ta medal sohiblari bölişdi. Özbekiston kubogi va çempionatlarida 6 ta oltin, 2 ta kumuş, 11 ta bronza medalni qölga kiritdilar. Xalqaro musobaqalarda esa sport maktabi tarbiyalanuvçilari 10 ta oltin, 15 ta kumuş, 18 ta bronza medalga sazovor böldi.
Işçi guruh aʼzolari sport tögaraklari faoliyati bilan yaqindan tanişib, bolalar hamda ösmirlar bilan muloqot qildi. Sportçilar uçun yaratilgan şaroitlar bilan yaqindan tanişgan işçi guruh aʼzolari yoşlarni sportga yanada köproq jalb qiliş, tögaraklar sonini köpaytiriş böyiça tavsiyalar berdi. Şuningdek, faol sportçi yoşlarga esdalik sovğalari topşirildi.

Çindan ham, sport bilan şuğullangan yoşlar nafaqat böş vaqtini mazmunli ötkazadi, balki jismoniy çiniqib, soğlom böladi. Eng muhimi, soğlom turmuş tarzi sport bilan şuğullangan insonning hayotiy qoidasiga aylanadi.
Şu maqsadda Manğit şahrida ötkazilgan marafonda 300 nafardan ziyod yoşlar iştirok etişdi. Bayramona kayfiyatda taşkil qilingan uşbu musobaqalar amudaryolik yoşlarni birlaştirişda muhim vosita böldi.

Qayd etiş kerakki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi işlarni yangi tizim asosida yölga qöyiş borasidagi 5 ta muhim taşabbusidan biri ham aynan yoşlarni sportga jalb qiliş orqali ularni soğlom va barkamol qilib voyaga yetkazişdek ezgu maqsadga qaratilgan.
Marafon ğolib va sovrindorlariga tuman hokimligi va taşkilotçilarning esdalik sovğalari, diplomlar topşirildi. Sport tadbirida faol iştirok etgan bir guruh yoşlar turli nominatsiyalar böyiça munosib taqdirlandi.

Bu kabi sport tadbirlari aholi, xususan yoşlar örtasida sportni ommaviylaştirişda muhim örin tutadi hamda sport rivojiga hissa qöşiş bilan birga kelajagimiz egalarining soğlom va barkamol bölib ulğayişlarida hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi.
Ğ.Yeşniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶