RESPUBLIKA IŞÇI GURUHI AʼZOLARI ÖQUVÇILARNING SOĞLOM TURMUŞ TARZI BORASIDAGI BILIMLARINI SINOVDAN ÖTKAZDI
Aholi, ayniqsa, yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qilişni tizimli yölga qöyiş, jamiyatda soğlom turmuş tarzi afzalliklarini yoşlar ongiga çuqur singdiriş, ösib kelayotgan yoş avlodni zararli odatlardan asraş maqsadida sportga keng jalb qiliş, böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlariga erişiş dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Çunki soğlom turmuş tarzini tanlagan, jismoniy faol, maʼnaviyatli yoşlar öz hayot yölini töğri tanlay oladilar, ularga heç qanday maʼnaviy tahdidlar xavf sola olmaydi.
Yoşlar bilan bu borada olib borilayotgan saʼy-harakatlar samarasini sarhisob qiliş maqsadida tumanimizda bölib turgan Respublika işçi guruhi aʼzolari Manğit şahrida faoliyat yuritayotgan 38- va 40-sonli umumiy örta taʼlim maktablarining yuqori sinflari öquvçilari orasida “Soğlom turmuş tarzi – uzoq umr köriş garovi” mavzusida inşolar tanlovini ötkazdi.

Işçi guruh aʼzolari öquvçilar inşolarini diqqat bilan tekşirib, ularning mavzu yuzasidan bildirgan fikrlari bilan tanişdilar.
Maʼlumki, soğlom turmuş tarziga rioya etiş – hayotda köpgina muammolarning oldini olişga xizmat qiladi. Jismoniy faollik, badantarbiya bilan şuğullaniş, töğri ovqatlaniş, tamaki va alkogol mahsulotlari qabul qilişdek zararli odatlardan tiyiliş, kun tartibiga amal qiliş – yaʼni organizmni zöriqtirmasdan meʼyorida uxlaş, işlaş, dam oliş, hayotdan zavqlana oliş, tuşkunlikka tuşmaslik şuningdek, toza havodan nafas oliş, uy va iş xonalarining havosi musaffoligini taʼminlaş, şaxsiy gigiyena qoidalariga amal qiliş bir qaraşda muşkul işday körinişi mumkin. Biroq uni kundalik yumuşga aylantiriş soğlom hayot sari muhim qadamdir. Hayotda baxtiyor, soğlom, işçan holatda uzoq yaşaşni istagan odam albatta, uddasidan çiqadi.
Ötkazilgan inşolar tanlovi bu borada öquvçilarning muayyan bilimlarga ega ekanligini körsatdi.
Işçi guruh aʼzolari tanlovda birinçi, ikkinçi, uçinçi örinlarga loyiq körilgan inşolar mualliflari tuman Tibbiyot birlaşmasi maʼmuriyati tomonidan esdalik sovğalari va diplomlar bilan taqdirlandi.
Şuningdek, 38-sonli maktab boşlanğiç sinf öquvçilari orasida şaxsiy gigiyena qoidalari xususida Respublika işçi guruhi aʼzolari ötkazgan suhbat ham diqqatga sazovor böldi. Öquvçilar özlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶