MAKTABIMIZNING UMIDLI YoShLARI
Yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida tashkil qilinayotgan “Umid nihollari” sport musobaqalari tumanimiz maktablarida uyushqoqlik bilan oʻtkazildi. Xolimbeg OFY hududidagi Chagali yop mahallasida joylashgan 73-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida ham ushbu musobaqada isteʼdodli oʻquvchilar ishtirok etishdi.
Musobaqaning maktab bosqichi gʻoliblari hududiy bosqichda ham muvaffaqiyatli ishtirok qildilar. Shuningdek, Doʻrman ovulida boʻlib oʻtgan hududiy bosqichda sovrinli oʻrinlarni egallagan 5-, 6-, 8- va 10-sinflar oʻquvchilari musobaqaning tuman bosqichida ham sovrinli oʻrinlarni egalladilar. Maktabning 8-sinf oʻquvchilaridan Javohir Tohirboyev 800 metrga yugurish musobaqasida 1-oʻrinni, 8-sinf oʻquvchisi Qahramon Odilov 200 metrga yugurish masofasida 1-oʻrinni, Nodirbek Oʻrozboyev esa 100 metrga yugurish masofasida sovrinli 2-oʻrinni egallashdi. Qiz bolalar oʻrtasida 200 metrga yugurish musobaqasida 6-sinf oʻquvchisi Nozima Poʻlatova sovrinli 2-oʻrinni va 5-sinf oʻquvchisi Adham Oʻrozboyev 2-oʻrinni egalladi. Shuningdek, 10-sinf oʻquvchisi Sabohat Matyokubova 200 metrga yugurish musobaqasida sovrinli 3-oʻrinni egalladi va maktabimiz yosh sportchilari umumjamoa hisobida tumanda 3-oʻringa sazovor boʻlishdi.
Sportsevar yoshlarimiz ochiq sport maydonchasida sport mashgʻulotlari bilan shugʻullanadilar. Bizning 73-sonli maktabimiz sport zali va sport anjomlari bilan yetarli darajada taʼminlanmagan boʻlsa ham bu oʻquvchilarning mashgʻulotlarga boʻlgan qiziqishlarini aslo soʻndirayotgani yoʻq. Oʻquvchilarimiz zamonaviy sport zali boʻlishini orzu qilib ulgʻayishmoqda. Yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular orasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish uchun biz pedagoglar bor kuch-gʻayratimizni safarbar etishga har doim kamarbastamiz.
Biz ishonamizki, kelajakda, albatta, xolimbeglik yoshlar orasidan ham ona Vatan ishonchiga sazovor, kuchli, bilimdon va zabardast yoshlar yetishib chiqadi.
Sardor Sherimmatov, 73-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶