28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 15:54
Salomatlik 👁 509

Reproduktiv salomatlikni mustahkamlash maqsadida oʻquvchi-yoshlar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmoqda

Reproduktiv salomatlikni mustahkamlash maqsadida oʻquvchi-yoshlar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmoqda

Reproduktiv  salomatlik – bu  odamdagi  reproduktiv tizim va uning faoliyatiga bogʻliq  barcha masalalarda  faqat kasallik  va kamchiliklar  yoʻqligi boʻlibgina qolmay, balki toʻliq jismoniy, aqliy, ijtimoiy  muvaffaqiyatlarga erisha olish darajasidir. Oilada farzandlar dunyoga kelishi, onaning va tugʻilajak bolaning salomatligi uchun maqbul sharoitlarni yaratish  tufayligina bunga erishiladi. Bunda  faqat tugʻilajak farzandlar soni emas, balki  oilalar farovonligini taʼminlash,  ularda ijobiy psixologik iqlimning  hukm surishiga erishish,  onalar va bolalar salomatligini saqlash,  oilaning  tom maʼnodagi mustahkamligini saqlash ham nazarda tutilgan.

        Mamlakatimizda   keyingi yillarda shu boisdan ham  aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar, oʻsmirlar  sogʻligʻini muhofaza qilish maqsadida  aholini maqsadli patronaj va profilaktik koʻriklar bilan  qamrab olishga, kasalliklarni barvaqt aniqlashga va bartaraf etishga  alohida eʼtibor qaratilmoqda.

         Shu maqsadda  har yilgi anʼanaga  muvofiq  tuman Tibbiyot birlashmasi   maʼmuriyatining 2020-yil 15-yanvardagi  buyrugʻiga koʻra, tumanimizdagi  maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan,  maktablarda taʼlim-tarbiya olayotgan va oilalarda tarbiyalanayotgan voyaga yetmagan  bolalarni , oʻquvchi-yoshlarni  tor doiradagi mutaxassis shifokorlar  ishtirokida chuqurlashtirilgan  tibbiy  koʻrikdan oʻtkazish ishlari boshlanib ketdi.

Tumanimizda yashovchi 199 ming 31 nafar aholining  69 ming 229 nafarini voyaga yetmaganlar tashkil qiladi. Shundan maktablarda taʼlim olayotgan oʻquvchilar soni  38218  nafardir.  2019-yilda oʻtkazilgan  chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikka jami voyaga yetmaganlarning 99,98 foizi qamrab olindi. Natijada 54 ming 135 nafari sogʻlom  ekanligi, 13 ming 602  nafarida turli kasalliklar alomatlari  mavjudligi aniqlangan edi. Shundan  13 ming 502 nafar bolalar sogʻlomlashtirildi.

      Joriy yil 20-yanvardan boshlangan voyaga yetmaganlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ishlariga  8 ta brigada jalb qilindi. Ularning safiga  psixonevrolog, stomatolog, oftalmolog, quloq-tomoq burun kasalliklari, jarroh-ortoped, endokrinolog, oʻsmirlar va bolalar ginekologi  shifokorlari,  UZI mutaxassislari  kiritilgan boʻlib, taʼlim muassasalariga tashrif buyurgan holda tibbiy koʻrik ishlari boshlab yuborildi.  

Chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan  oʻtkazish ishlari  tumanimizning 55-sonli va 31-sonli maktablarida ham masʼuliyat bilan oʻtkazildi.  Koʻrik davomidagi natijalar boʻyicha hisobotlar  sinflar rahbarlariga taqdim etildi. Kasallik aniqlangan holatlarda ularga qayta  tekshiruv va davolanish uchun tuman  koʻptarmoqli markaziy poliklinikasiga  borishlari tavsiya qilindi.  

Shunday vaqtlarda ota-onalar ham farzandlari salomatligiga eʼtiborli boʻlib, shifokorlar tavsiyalariga amal qilsalar,  har xil kasalliklarning oldi olingan boʻlar edi. Axir kasallikni davolatgan koʻra oldini olish afzal ekanligi barchaga ayon haqiqat.

Tumanimizda voyaga yetmaganlarning  chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrigini   shu yil may oyining 15 sanasigacha oʻtkazish rejalashtirilgan.

       O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026