Tanlov gʻoliblari aniqlandi
"Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati va tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi tomonidan eʼlon qilingan "Eng yaxshi insho” tanlovi ikki bosqichda oʻtkazilishi, tanlovning har bosqichida 5 ta mavzu boʻyicha insholar yozilishi belgilangan edi.
Shu yilning 3-mart kuni tanlovning birinchi bosqichi dastlabki mavzusi – "8 mart – Onajonlar bayrami” mavzusida yozilgan insholar koʻrib chiqildi.
Tanlov hayʼati xulosasiga koʻra 44-sonli umumtaʼlim maktabining 6-sinfi oʻquvchisi Yulduz Madadovaning inshosi uchun birinchi oʻrin, 16-sonli umumtaʼlim maktabi 7-sinf oʻquvchisi Qunduzoy Yusupova, 21-sonli umumtaʼlim maktabi 8-sinf oʻquvchisi Aziza Safarboyevalar tomonidan yozilgan insholarga 2-oʻrin, Mangʻit qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji oʻquvchisi Siroj Olimov, 32-sonli umumtaʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi Sarvinoz Shukurlayeva va 26-sonli umumtaʼlim maktabining 8-sinf oʻquvchisi Mohidil Erdoshevalar tomonidan yozilgan insholarga 3-oʻrin berildi.
"Eng yaxshi insho” tanlovining 1-bosqichi "Navroʻz - milliy bayramimiz” mavzusida davom etmoqda.
Suratda: tanlov gʻolibi Yu.Madadova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶