28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 23:25
Jamiyat 👁 5,686

“QIZINGIZ BALOFATGA YeTDIMI...?”

“QIZINGIZ BALOFATGA YeTDIMI...?”

Xalqimizda "Gul oʻssa - yerning koʻrki, qiz oʻssa - elning koʻrki”, - degan hikmatli ibora bor. Darhaqiqat, qiz bola tarbiyasi nihoyatda nozik va oʻta dolzarb masala. Chunki qiz bola voyaga yetgach, uy bekasi, ona boʻladi. Oʻsib kelayotgan avlodning yetuk inson, barkamol avlod sifatida shakllanishi oila muhitidan, ayoldan boshlanadi. Xohlaymizmi, yoʻqmi, bizning mentalitetda oila muhitini, turmush tarzini ayol yaratadi. Shu masalaga ayol masʼul hisoblanadi. Tabiatan onaning maʼnaviyati, axloqi, shu jumladan, savodxonligi bolaning qon-qoniga singib boradi. Ona bilib-bilmay oʻzidagi saviyani bolaga oʻtkazadi. Albatta ota-onaning eng oliy orzusi-farzandining kamolini koʻrishdir. Xalqimizda oila va uni mustahkamlovchi farzand tarbiyasi yuksak qadrlanib kelingan. Xalqimizning ushbu oliy qadriyati mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, davlat siyosati darajasiga koʻtarildi.Yaʼni, har tomonlama sogʻlom, barkamol avlodni voyaga yetkazish olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadiga aylangan.

Buning uchun istiqlol yillarida yoshlarimizning jismonan va maʼnan sogʻlom boʻlib yetishishlari uchun barcha kuch va vositalar safarbar qilinmoqda. Mamlakatimizda umumtaʼlim maktablari, maktabdan tashqari taʼlim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, taʼlim sifati jahon andozalari darajasiga koʻtarilmoqda.

Xoʻsh, yaratib berilayotgan imkoniyatlardan yoshlarimiz qanday foydalanayapti? Bunda ota-ona masʼuliyati qanday boʻlayapti? Ayniqsa, oilada qiz bolaning taʼlim-tarbiyasiga ota-ona tomonidan qanday eʼtibor berilayapti? Sogʻliqni saqlash, taʼlim sohasi vakillari bilan birgalikda mahalla va keng jamoatchilikning roli qanday boʻlayapti? -degan savollar tugʻiladi.

Mamlakatimizda aholi oʻrtasida sogʻlom oila qurish madaniyatini shakllantirish, oilada sogʻlom farzandlar dunyoga kelishiga erishish, ularni jismoniy va maʼnaviy barkamol etib tarbiyalash borasida olib borilayotgan keng koʻlamli chora-tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida 2014-yilning "Sogʻlom bola yili” deb nomlanishi joriy yilda farzandlar tarbiyasi borasida amalga oshirilayotgan ishlarimizning yanada yangi pogʻonaga koʻtarilishidan darak beradi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda Yurtboshimiz "Sogʻlom bola yili” da amalga oshirilishi lozim boʻlgan eng muhim vazifalarga toʻxtalar ekanlar "Sogʻlom bola - avvalo sogʻlom va ahil oilaning mevasidir”, - deb taʼkidlagan edilar.

Oiladagi sogʻlom muhit esa avvalo, ayol maʼnaviyati bilan bogʻliqdir. Biz qizlarimizni yosh vaqtidan boshlab yuksak eʼtibor bilan odobli, ibo-hayoli, bilimli, hunarli qilib yaxshi tarbiya qilsak, ertaga ular yaxshi oilaning bekasi, ona, shu bilan birga jamiyatga foyda keltiruvchi yetuk kadr boʻladi. Ona sifatida u tarbiyalagan bolalar kelajakning yaratuvchilari boʻlib yetishadilar.

Lekin ayrim ota-onalarimiz tomonidan farzandlari, ayniqsa, qizlarining kelajagiga masʼuliyatsizlik bilan qarash holatlari ham uchramoqda. Hali kasb-hunar kollejini bitirmagan qizlarini turmushga berishmoqda. Ayrim ota-onalarning biror kasb-hunarni toʻliq egallamagan, hali oilaviy hayotga tayyor boʻlmagan qizlarini erta turmush qurishiga yoʻl qoʻyib berayotganligini hech narsa bilan oqlab boʻlmaydi.

"Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasida, "Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 30-moddasida ota-onalarning farzandlari oldidagi javobgarligi va masʼuliyati belgilab qoʻyilgan. Unga koʻra, ota-onalar farzandlarining tarbiyasi va 12 yillik majburiy taʼlim olishlari uchun javobgar. Toʻgʻri,har bir ota-ona farzandining baxtli-saodatli boʻlishini istaydi. Lekin buni faqat farzandiga moddiy taʼminot berish deb tushunmaslik kerak. Moddiy taʼminot bilan birgalikda uning kelajakda hayotda, jamiyatda oʻz oʻrnini topa olish darajasida tarbiyali, bilimli, kasb-hunarli qilish deb tushunmoq kerak.

Hayot tajribasi va mutaxassislar fikricha, qizlarning turmush qurish yoshi oila mustahkamligiga taʼsir koʻrsatuvchi asosiy omillardan biridir. Biroq ayrim ota-onalar koʻpincha qizining kelajak taqdiri, baxt-saodati haqida oʻylamay, hali balogʻat yoshiga yetmagan qizini uzatish fikriga tushadi. Bu holat koʻpincha boʻlgʻusi onaning salomatligiga, qolaversa, tugʻilajak farzandning sogʻlomligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Natijada yosh onada ruhiyat buzilishi kelib chiqib, bu oila mustahkamligiga putur yetkazadi. Tumanimizda ham hali farzandi kasb-hunar kollejini bitirmasdan qizlarini turmushga berish holatlari uchramoqda.

Jumladan: yaqinda tumanimiz kollejlaridan birining 2-bosqichida tahsil olayotgan 17 yashar qizini ota-ona uzatish harakatiga tushadi. Sababi, qizini yaqin qishloqdan kollejni bitirgan bir yigitning uyidagilar soʻrab kelishadi. Kollej maʼmuriyati, fuqarolar yigʻini aralashib, toʻyning oldini olishga harakat qilishdi. Hatto ota-onasining tushuntirish xatlarini ham olishdi. Lekin yoshlar qilib qoʻygan "aqlsizlik” barchani oʻyga toldirdi. Natijada toʻy boʻlib oʻtdi.

Xoʻsh, bu yerda ayb kimda? - degan savol tugʻiladi. Avvalo "qush uyasida koʻrganini qiladi” degan maqol bor. Yaʼni, ota-onaning bergan tarbiyasi, oʻrgatgan ibo-hayosi, odob-axloqi darajasi shunga imkon bermayaptimi? Yoki hali quda-anda boʻlib, rasm-rusumlarni qilmasdan, yaʼni "chimildiq” koʻrmasdan qizni "yoʻldan urgan” yigitning tarbiyasini qaysi ota-ona bergan? Bu yerda bola tarbiyasida ota-ona "noʻnoqlik” qilgan ekan, nega taʼlim xodimlari, mahalla faollari hushyorlik qilib oʻz vaqtida shu ota-onalarni mavjud qonun-qoidalar bilan tanishtirishmadi? Yoshlar tomonidan "xatolikka yoʻl qoʻyilgach”, barcha birday harakatga tushdi. Nega? Mahallalardagi "Oila - mahalla - taʼlim muassasasi” hamkorlik tizimi yaxshi ishlaganda, "Ota-onalar universiteti” mashgʻulotlari oʻz vaqtida samarali tashkil etilganida balki yuqoridagi kabi ota-onalarning farzand tarbiyasida masʼuliyati oshgan, natijada, bunday salbiy holatlarning oldi olingan boʻlardi.

Tibbiyot mutaxassislarining taʼkidlashlaricha, balogʻat yoshiga yetmagan qizlar ona boʻlishga jismoniy va maʼnaviy jihatdan hali toʻla tayyor boʻlmaydi. Bu yoshda homilador boʻlish yosh ona va chaqaloq hayotiga jiddiy xavf tugʻdirib, yosh ona va bola oʻlimi yuz berish xavfi kuchayadi. Shu bilan birga hali oilaviy hayotga tayyor boʻlmagan yosh ona muayyan maʼnaviy-ijtimoiy muammolarga duch keladi. Oqibatda oilaviy ajrimlar kelib chiqishi mumkin.

Bunday salbiy holatlarning oldini olish maqsadida tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi, "Kamolot” YoIH tuman kengashi, tumandagi taʼlim va tibbiyot muassasalari xodimlari, fuqarolar yigʻinlarining masʼul xodimlari tomonidan keng jamoatchilikni jalb qilgan holda ovul va mahallalarda, taʼlim maskanlarida, qishloq vrachlik punktlaridaaholi vakillari, oʻquvchi-yoshlar va ularning ota-onalari bilan muntazam uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirlarda qiz bolani barvaqt turmushga berish va erta farzand koʻrish, qarindosh-urugʻlar oʻrtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari, nikohdan oldin tibbiy koʻrikdan oʻtishning zarurligi borasida tushuntirish-targʻibot ishlari olib borilmoqda.

Lekin hali ham olib borilayotgan ishlar koʻlami yetarli boʻlmayotganligi uchun kollejni bitirmasdan turmush qurish, yoshlarning bir-biriga koʻr-koʻrona intilishlari, baʼzida oʻz joniga qasd qilishga urinish bilan yaqinlarini qoʻrqitmoqchi yoki eʼtiborini qaratmoqchi boʻlish, baʼzida hatto jinoyatga qoʻl urish kabi noxush holatlar sodir boʻlayapti.

Bugungi yoshlarga taʼlim-tarbiya olishi, kasb-hunar egallashi, kelajakda barkamol inson boʻlib yetishishi uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlardan toʻliq foydalana olishiga koʻmaklashish, ularga shart-sharoit yaratish, doimo diqqat-eʼtibor qaratish barchamizning eng dolzarb vazifamiz boʻlishi kerak. Buning uchun albatta hamkorlikda gap koʻp.

Ayniqsa, bu borada ommaviy axborot vositalaridan unumli foydalanish, turkum koʻrsatuvlar va maqolalar berib borish ham ishimizning yanada taʼsirchanligini oshiradi. Fuqarolar yigʻinlarida tashkil etilgan jamoatchilik ishchi guruhi aʼzolarining ham faolligini oshirish zarur. Bunda oilalarga kirib,farzand tarbiyasida yetarli javobgarlik sezmayotgan ota-onalar bilan koʻproq ish olib borish kerak.

Xulosa qilib aytganda, ota-onalar tomonidan "qiz bolani uzatish-bir tashvishdan qutulish”, deb qaralmasdan avval, u boʻlajak ona, naslning davomchisi ekanligini esdan chiqarmaslik kerak. Buning oʻrniga qizini nazorat qilib, tarbiyalab, odob-axloq oʻrgatuvchi kitoblarga oshno qilib, ilm olishga, kasb-hunar oʻrganishga ragʻbat uygʻotsa, farzandi hayotda albatta baxtli boʻladi. Axir u farzandimiz, jigarbandimiz-ku. Qiz bola ertaga baxtsiz boʻlib qaytib kelsa, oʻzi yoki farzandi sogʻlom boʻlmasa, ota-onaning tashvishi koʻpaymaydimi? Shuning uchunhar narsaning, ayniqsa maʼnaviy-axloqiy tarbiyaning ham oʻz vaqtida boʻlgani yaxshi!

M.Ahmedova,

tuman hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026