Sogʻlom bola yili yangiliklari
Amudaryo televideniyesi koʻrsatuvlarining
efirga uzatilish davriyligi oshirildi
Tuman aholisining axborotga boʻlgan ehtiyojini yanada toʻliqroq taʼminlash hamda «Sogʻlom bola yili» tuman Dasturi topshiriqlarini ijro qilish maqsadida 2014-yil 21-martdan boshlab Amudaryo televideniyesi koʻrsatuvlarining efirga uzatilish davriyligi oshirildi.
Endilikda Amudaryo televidenisining asosiy koʻrsatuvlari haftaning seshanba, chorshanba, payshanba, juma va shanba kunlari soat 20-00 da boshlanadi. Chorshanba, payshanba, juma, shanba va yakshanba kunlari ertalab soat 7-00 dan boshlab esa oldingi kungi koʻrsatuvlar takroran efirga uzatiladi.
Yangi toʻyxona ish boshladi
Navroʻz bayrami arafasida Qipchoq ovulining Daryoboʻyi mahallasida "Chovdir shofyor” xususiy firmasiga qarashli "Jayxun” toʻyxonasining ochilish marosimi oʻtkazildi.
Davlat-tijorat Xalq bankining 60 million soʻmlik krediti hisobiga tadbirkor Jangil Mirzayeva tomonidan qurilib, foydalanishga topshirilgan 600-oʻringa moʻljallangan ushbu tadbirkorlik obʼekt ishga tushirilishi munosabati bilan 25 nafar kishi ish bilan taʼminlandi.
(Reklama huquqi asosida)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶