28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 15:30
Adabiyot 👁 436

“Jayhun ilhomlari” NNT tomonidan oʻtkazilayotgan tadbirlarda isteʼdodli va ijodkor yoshlar aniqlanmoqda

“Jayhun ilhomlari” NNT tomonidan oʻtkazilayotgan tadbirlarda isteʼdodli va ijodkor yoshlar aniqlanmoqda

Tumanimizning qaysi bir burchagiga bormang, koʻngli orzu-umidlarga toʻla, bilim sirlarini puxta egallab, yuksak choʻqqilarga intilayotgan orzulari bir jahon yoshlarga duch kelasiz. Ana shunday iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash, ularning isteʼdodlarini yuzaga chiqarishlarida koʻmaklashish maqsadida “Jayhun ilhomlari” notijorat nodavlat tashkiloti tomonidan umumtaʼlim maktablarida turli tadbirlar tashkil etilib, ular uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishilmoqda.
Iqtidorli va isteʼdodli yoshlar tumanimizdagi 49-sonli umumtaʼlim maktabida ham koʻplab topiladi. Ayni kunda maktabda 243 nafar oʻquvchi bilim sirlarini egallamoqda.

Maktabda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning mazmun-mohiyatini oʻquvchilar ongiga singdirish, ular orasidan qobiliyatli yoshlarni tanlab olish, iqtidorli oʻquvchilarning imkoniyatlarini yuzaga chiqarish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Biz soʻz yuritayotgan umumtaʼlim maktabida 15 ta fan va 9 ta sport toʻgaraklari mavjud boʻlib, bu toʻgaraklarga 225 nafar oʻquvchilar jalb qilingan. Adabiyot, teatr va sanʼat, musiqa, jismoniy tarbiya toʻgaraklariga oʻquvchilar faol qatnashishmoqda.
Musiqa toʻgaragi qatnashuvchilari boʻlgan raqqosa qizlar guruhi hududiy, tuman bosqichidagi tanlovlarda qatnashib kelishmoqda va katta tadbirlardagi chiqishlari ham barchaga manzur boʻlmoqda.

Maktabdagi kompyuter toʻgaragining ham faol aʼzolari koʻp. Toʻgarakda oʻquvchilarning kompyuter boʻyicha savodxonligi oshirib borilmoqda. Sport toʻgaraklarida esa oʻquvchilar shaxmat-shashka, voleybol, stol tennisi, futbol, yengil atletika turlari boʻyicha mashqlar oʻtkazishmoqda. Ayniqsa, maktabning sportchi oʻquvchilari tomonidan qoʻlga kiritilayotgan yutuqlar koʻzga tashlanmoqda. Hudud va tuman bosqichlarida maktabning yosh sportchilaridan Diyora Maqsudova 1,500 metrga yugurishda 2-oʻrinni, Umarjon Hojiqurbonov 200 metrga yugurish musobaqasida 1-oʻrinni egallab respublika bosqichida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi.
Maktabda oʻquvchilarning yanada chuqurroq bilim olishlari uchun kutubxona muntazam ishlab turibdi. Kutubxona mudirasi Gulbahor Tojiboyeva oʻquvchilarning kitob tanlashida, qulay sharoitlarda oʻqib mutolaa qilishlarida yaqindan yordam bermoqda.

Maktabning 8-sinf oʻquvchisi Oʻgʻiloy Chorshamova, 7-sinf oʻquvchisi Elmira Yoʻldoshevalar kutubxonaning eng faol oʻquvchilaridir. Elmira  Yoʻldosheva kelajakda ingliz tili oʻqituvchisi boʻlmoqchi. Buning uchun u bor imkoniyatlardan foydalanib, darsliklarga qoʻshimcha ravishda ingliz tilini oʻrganishga oid adabiyotlarni ham oʻqib-oʻrganmoqda.

Hozirgi kunda maktab direktori Shukurboy Ayimbetovning tashabbusi bilan yuqori sinf oʻquvchilari orasida “Kelajakda kim boʻlmoqchisiz” soʻrovnomalari oʻtkazilmoqda. Soʻrovnomaga javoban oʻquvchilar kelajakda qaysi kasb egasi boʻlishi, qaysi oliy oʻquv yurtlariga kirib oʻqishi haqida oʻzlarining fikrlarini bildirmoqdalar. Orzular tiniq, fikrlar uygʻoqligi soʻrovnomalarda aks etmoqda.

Tumanimizdagi 48-sonli umumtaʼlim maktabida ham bugungi kunda 370 nafar oʻquvchi bilim va taʼlim-tarbiya olmoqda. Beshta muhim tashabbus ijrosini va oʻquvchilarning boʻsh vaqtlaridan unumli foydalanishlarini taʼminlash maqsadidagi 16 ta fan toʻgaraklari ishlab turibdi. Bu toʻgaraklarga jami 250 nafar oʻquvchi jalb qilingan. Jumladan, birinchi tashabbus yoʻnalishida 4 ta, ikkinchi tashabbus yoʻnalishida 6 ta, uchinchi tashabbus yoʻnalishida 2 ta, toʻrtinchi tashabbus yoʻnalishida 1 ta va beshinchi tashabbus yoʻnalishida 3 toʻgarak faoliyat  yuritmoqda.

Maktabdagi “Adabiyotshunoslik” toʻgaragining aʼzolari 10-sinf oʻquvchisi Nafisa Shukurlayeva, 9-sinf oʻquvchisi Bekzod Xalillayevlar oʻzlari yozgan sheʼrlari bilan ancha tanilib qoldilar. “Yosh rassomlar” toʻgaragining  aʼzolari esa tasviriy sanʼat yoʻnalishida tuman, respublika bosqichlarida qatnashib, yuqori oʻrinlarni egallab kelmoqdalar. Toʻgarak qatnashchisi 5-sinf oʻquvchisi Dinora Aminboyeva tasviriy sanʼat sohasida oʻzining bilimdon ekanligini bilan ajralib turadi. Mazkur maktabda kompyuter saboqlari ham puxta oʻzlashtirilmoqda. Bu borada maktabning 8-sinf oʻquvchisi Ogʻabek Oʻrozboyev oʻzining bilimdonligi bilan barchani hayratga solmoqda.

Biz soʻz yuritayotgan 48-sonli umumtaʼlim maktabida sportning barcha turlari boʻyicha ish olib borilmoqda. Toʻgarak aʼzolari musobaqalarning hududiy, tuman bosqichlarida yuqori oʻrinlarni egallab kelmoqdalar. Maktabning 7-sinf oʻquvchisi Asadbek Oʻrinboyev erishayotgan yutuqlar barchaning quvonchiga sazovor boʻlmoqda.
Oʻquvchilar erishayotgan yutuqlar koʻp. Bu imkoniyatlardan foydalanib, ular yanada baland choʻqqilarni zabt etadilar.
Ha, oʻquvchilarning orzulari bir jahon. Ular kelajakda yuksak choʻqqilarni koʻzlab olgʻa intilmoqdalar. Oʻquvchilarning katta maqsadlarga erishishida mehribon ustozlar qoʻl-qanot boʻladilar, albatta.

Oʻrozali PEYIMOV, "Jayhun ilhomlari" NNT raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026